$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Rosatom” Markaziy Osiyoni zabt etmoqchi

18:00 / 08.10.2024

AES qurilishi haqidagi mish-mishlar, uning atrofidagi har xil gaplardan ommaviy axborot vositalarini kuzatayotgan har bir shaxs yaxshigina xabardor. Rossiya rahbari Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifidan keyin mamlakatda AES qurilishi haqidagi gaplar tez tarqaldi va turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimlardir uning qurilishi tezroq rivojlanishga turtki bo‘lishini da’vo qilgan bir paytda boshqalar uning qurilishidan biroz cho‘chiyapti. Sababi, Chernobil va Fukusima fojialari ularning yodidan chiqmagan. Eslatib o‘tish joiz, O‘zbekistonga 11 milliard dollarga tushishi aytilayotgan kam quvvatli atom elektr stansiyasining birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha Jizzax viloyatining Forish tumani Tuzkon ko‘li yaqinidagi dastlab yirik atom elektr stansiyasini joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan avval tasdiqlangan maydonda amalga oshirilishi kutilmoqda. Kichik AESning birinchi reaktori quvvatini ishga tushirish joriy yilning yozida boshlanishi kerak bo‘lgan ustuvor ishlar tugaganidan 60 oy (5 yil) o‘tib amalga oshiriladi.

Har bir keyingi reaktor olti oy ichida ishga tushiriladi. Oltita reaktorli kichik AESning to‘liq ishga tushirilishi 2032-yil yoki undan keyinga reja qilingan.

Xo‘sh, bu borada qo‘shni mamlakatlarning pozitsiyasi qanday?

2024-yilning 6-oktyabr sanasida To‘qayev boshchiligidagi Qozog‘istonda AES qurilishi yuzasidan referendum o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz beruvchilarning 64 foizi Atom elektr Stansiyasi qurilishini yoqlab ovoz bergan. Bu esa Markaziy Osiyodagi birinchi AES qurilishidan darak beradi.

Avvalroq, mamlakatda stansiya qurilishiga qarshi bo‘lganlar hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Prezident To‘qayev esa AES qurilishiga qarshi emasligini ochiqcha bildirib, atom elektr stansiyasini qurish rejasini “Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik loyiha”deb atadi. Bundan tashqari, u atom elektr stansiyasini “eng zamonaviy texnologiyalarga ega global kompaniyalar konsorsiumi” tomonidan qurilishi kerakligini aytgan. Atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya va o‘sha mashhur “Rosatom” kompaniyalari murojaat yo‘llagan.

Ma’lumki, Qozog‘iston dunyoning eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi, ammo elektr energiyasi yetishmasligidan aziyat chekadi. Atom elektr stansiyasi esa bu vaziyatni yumshatishi mumkin. Ko‘plab ekologlar va faollar AES qurilishiga qarshi. Ularning ta’kidlashicha, kelajakda stansiyani ishdan chiqarish uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ular atom elektr stansiyasini qurish g‘oyasi Qozog‘iston hukumati tomonidan faqat Rossiya manfaati uchun ilgari surilayotganidan qo‘rqishadi. Demak, Balxash ko‘li yonida qurilishi reja qilinayotgan AESni ham “Rosatom” quradi.

To‘qayevning aytishicha, mazkur AES Qozog‘istonni o‘nlab yillar davomida barqaror rivojlantiradi. Mamlakat energetika vazirligining ta’kidlashicha, yaqin 10 yil ichida mamlakatda energiya manbayi qurilmasa 2035-yilga borib jiddiy energiya taqchilligi yuzaga kelishidan ogohlantirmoqda. Qozog‘istonga 10-12 milliard dollarga tushishi kutilayotgan AESni qurish uchun Qozog‘iston Atom elektr stansiyalari kompaniyasi qurilish uchun ehtimoliy hududlarni ko‘rib chiqmoqda. Qurilishga asosiy hudud sifatida Almati oblastidagi Balxash ko‘li ekanligi aytilmoqda. 6-oktyabr kuni o‘tkazilgan referendum arafasida qurilishga qarshi chiqqan faollardan 20 nafari hibsga ham olingan.

Bundan tashqari, “Rosatom” Qirg‘iziston bilan ham AES qurishni reja qilmoqda. Hozircha rasmiy kelishuvga erishilmagan, lekin Qirg‘iziston hukumati “Rosatom” bilan hamkorlikda atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganib, AES qurilishi uchun muqobil hudud qidirishda davom etmoqda.

Qirg‘iziston Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev eng ishonchli energiya tashuvchisi 360 kun, 24 soat ishlaydigani bu AES ekanligini aytgan. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, dunyo mamlakatlari AESga o‘tgan va bu borada qo‘shni mamlakatlar ham ancha faol va uning qurilishi uchun 5-6 yil vaqt kerak bo‘ladi.

Shunday qilib, O‘zbekiston bilan kelishuvga erishgan “Rosatom” Qirg‘iziston va Qozog‘istonga ham AES qurib berishni taklif qilmoqda.

Tayyorladi: Ilyos Boltayev



														
														Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026

														
														Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026

														
														Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

U yarim yil davomida evakuatsiya qilinishini kutgan – og‘ir jarohatlari tufayli o‘z oyoqlarini kesib tashlashiga to‘g‘ri kel…
17:17 / 25.10.2026

														
														Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026

														
														Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

														
														Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

														
														Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026

														
														Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026

														
														Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

														
														AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!