Rossiya tomonidan urushga jalb qilingan O‘zbekiston fuqarosi — buxorolik 31 yoshli Zuxriddin Yo‘ldoshev Ukraina frontiga yetib borgan zahoti taslim bo‘lganini ma’lum qildi.
Yo‘ldoshevning aytishicha, u Rossiya armiyasi safida urushga qatnashish shartnomasini majburiy ravishda imzolagan. Politsiya uni giyohvand moddalar bilan aloqadorlikda ayblab, 12–18 yilga qamash bilan tahdid qilgan. “Uning oldiga 2 ta tanlov qo‘yilgan: qamoq yoki front”, — deya xabar bermoqda OAV.
Yo‘ldoshev frontga yetib kelgan zahoti ukrain harbiy droni uni aniqlagan. U darhol qurolsiz holatda taslim bo‘lgan. Rossiya armiyasidagi sharoitlar haqida gapirar ekan, u aloqa vositalari va harbiy jihozlarni o‘z hisobidan sotib olganini, armiyada tartibsizlik va aldov hukmronligini bildirgan.
Unga ko‘ra, jang maydonida halok bo‘lgan askarlarning jasadlari shunchalik ko‘p bo‘lganki, qadam qo‘yishga joy qolmagan. Yo‘ldoshev Rossiyaga qaytishni istamayotganini aytib, O‘zbekiston hukumatidan vatanga qaytishda yordam so‘ramoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!