Samarqandda Qoradaryo daryosidan qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 43 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektori Oqdaryo tumanida joylashgan “M.M.M.N” fermer xo‘jaligi faoliyati o‘rganganida qonunbuzarlik harakatini aniqlagan.
Unda tuman hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosidan fermer xo‘jaligining ekskavator hamda yuk mashinasi yordamida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinganligi va buning natijasida tabiatga 43 milliard 12 million 57 ming 536 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
Hozirda texnikalar vaqtincha jarima maydoniga joylashtirilib, tegishli hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!