AQShning Atlantik-Siti shahrida UFC Fight Night 241 turniri o‘tkazilmoqda.
Musobaqa doirasida asosiy kardning navbatdagi jangi yakunlandi.
Ahamiyatlisi, unda o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev oktagonga chiqdi. Bu safar unga AQSh vakili Sedrik Dyuma raqiblik qildi.
E’tiborlisi, jang ilk raundda muddatidan oldin yakunlandi. Ro‘ziboyev raqibini nokaut orqali taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu Nursulton uchun UFC'dagi ikkinchi jangida qo‘lga kiritgan ikkinchi muddatidan oldingi g‘alaba bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!