Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.A.” fermer xo‘jaligi rahbari A.K. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 267 mln so‘mlik elektr quvvatidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.G.” MCHJ rahbari S.Sh. savdo do‘konida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 134,1 mln so‘mlik elektr quvvatidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.T. va boshqalar tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 127,4 mln so‘mlik elektr quvvatidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi(o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!