Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandning “Qarshi krug”ida ikki nafar erkak ikkita ayolni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasida Samarqand IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2022-yilning 21-iyul kuni Samarqand tumani Yangiariq MFY hududida 1980-yilda tugʻilgan S.R., 1987-yilda tugʻilgan A.B. hamda 1991-yilda tugʻilgan I.Sh va Yo.I.lar oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida oʻzaro janjal sodir boʻlgan.
Janjalda S.R. va A.B.lar, I.Sh va Yo.I.larni urib, ularga tan jarohati yetkazishgan.
Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari chiqib, holat rasmiylashtirilgan.
Hozirda Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!