$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Samarqanddagi Prezident maktabida 311,8 mln so‘mlik korrupsion holat aniqlandi

16:05 / 26.08.2023

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachilari amalga oshirayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davom ettirilmoqda. Masofaviy monitoring tadbirlarida ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Jumladan, Zafarobod tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi buyurtmachiligida 2023-yil 2-avgust kuni o‘tkazilgan 286,0 mln so‘mlik sport inventarlari xarid qilish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesi tomonidan 2023-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan 912,4 mln so‘mlik yozgi majlislar uchun charm tomli shiypon qurish;

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi buyurtmachiligida 2023-yil 5-avgust kuni o‘tkazilgan 311,8 mln so‘mlik maktab formalari xarid qilish;

Qiziltepa tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2023-yil 10-avgust kuni o‘tkazilgan 300,0 mln so‘mlik transportda yuk tashish xizmati ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida qonunchilikka zid holatlar aniqlandi.

Jumladan, ushbu davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning bir qator talablariga amal qilinmagan.

Xususan, ushbu xaridlarda ishtirok etgan talabgorlarning hujjatlari xarid komissiyasi a’zolari foydalangan qurilmalar (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan hamda ayrim ishtirokchilarning takliflari xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan baholash mezonlariga zid ravishda baholangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha Agentlik tomonidan xarid komissiyalarining bayonnomalarini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachilarga taqdimnomalar kiritilib, qonunbuzilishi holatlari bartaraf etildi.

Shuningdek, ushbu holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.


Bu ham qiziq

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-may kuni AQSh Havo va dengiz operatsiyalari xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar …
14:12 / 10.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!