Samarqand shahridagi 43-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Suhrob Murodov muddatidan oldin grant asosida AQShning Janubiy Florida universitetining talabasi bo‘ldi, bu haqda zarnews.uz axborot portali xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Suhrob o‘zini sinab ko‘rish uchun AQShdagi Amerikaning 6 ta eng nufuzli universitetlariga hujjatlari topshirgan.
Ulardan 4 tasi Suhrobni o‘qishga qabul qilishga 100 foizli kafolat bergan bo‘lsa, 2 tasi – Janubiy Florida va Case Western Reserve universitetlari grant asosida o‘qishga qabul qilishgani haqida xabar bergan.
Ta’kidlash joizki, mazkur universitetlarga hujjat yuborishdan oldin S.Murodov ingliz tilidan C2 sertifikatini olgan. Shuningdek, xalqaro matematika va Ingliz tilida tanqidiy fikrlash bo‘yicha SAT imtihonida 1460 ballni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etib, tashakkurnomalar bilan ham taqdirlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!