91mobiles veb-portali Samsung’ning yaqinlashib kelayotgan flagman smartfonlarining birinchi rasmiy suratlarini chop etdi. Plakatlarda ikkita yangi model ko‘rsatilgan: Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra.
Ko‘rinishidan, Galaxy S23+ modeli iste’molchiga pushti ranglarda taqdim etiladi. Galaxy S23 Ultra ning ranglariga kelsak, u yashil rangda taqdim etiladi. Albatta, tanlov bu bilan cheklanmaydi, lekin bu rang variantlari rasman tasdiqlangan.
Flagman dizayniga kelsak, u avvalgi Galaxy S22 seriyasidan unchalik farq qilmaydi. Ko‘zga tashlanadigan yagona o‘zgarish asosiy kameraning dizayni bilan bog‘liq.
Galaxy S23 flagmanining rasmiy taqdimoti 2023-yil fevral oyi boshida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!