Sanepidqo‘mita O‘zbekistonda meningokokk infeksiyasi ko‘payganini aytdi
2026-yilda respublikada meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar biroz oshgani qayd etildi. Shu munosabat bilan 8 mingdan ortiq vaksina xarid qilinib, bemorlar bilan aloqada bo‘lgan minglab fuqarolar emlash bilan qamrab olindi. Tibbiy qarshi ko‘rsatmasi bor shaxslar esa shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika olmoqda.
Joriy yilning 1-choragida jami 174 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning 168 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri keladi. Ijobiy tomoni — aprel oyida kasallik ko‘rsatkichlari martga nisbatan 14 foizga kamaygani kuzatilgan.
Meningit bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, tez rivojlanishi va og‘ir asoratlar qoldirishi bilan xavfli. kasallikning oldini olish uchun eng samarali choralar sifatida emlanish, gigiyenaga rioya qilish va alomatlar paydo bo‘lishi bilan darhol shifokorga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!