Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli Yangi Namangan tumanidagi 2 qavatli noturar bino uchun qurilish ruxsatnomasi va loyiha hujjatlarini ijobiy hal qilib berish evaziga 22 ming AQSh dollari talab qilgan.
Ma’lum qilinishicha, ular joriy yil mart oyida 7 ming dollarni olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchilardan biri qolgan 15 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ikkinchi shaxs ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!