$
12410.99 UZS
-85.95
158.38 UZS
-1
14237.89 UZS
-167.33
40° Kechasi 24°

Saudiya Arabistoni mintaqaviy pozitsiyasini kuchaytirmoqda

18:01 / 07.08.2023

Oxirgi oylarda Saudiya Arabistonining siyosiy faolligi juda ortmoqda. Jumladan, Markaziy Osiyo-Koʻrfaz mamlakatlari hamkorlik Kengashi yigʻilishi, Ukraina-Rossiya mojarosini hal qilish boʻyicha uchrashuvlar va hokazo.

Otasining oʻrniga mamlakatni boshqarayotgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistonining mintaqadagi rolini oshirish uchun ham birma-bir, ham koʻp tomonlama sheriklik masalalari boʻyicha faol sheriklik aloqalarini olib borishga urinmoqda.

Buning asosiy sabablari shundaki, Rossiya-Ukraina urushi boshlangach, mintaqada AQSHning roli va taʼsiri sezilarli kamaydi. Hattoki, AQSHning eng yaqin ittifoqchilaridan biri boʻlgan Isroildagi Netanyaxu hukumati ham AQSHdan ichki ishlariga aralashmasliklarini talab qildi. Bundan tashqari, AQSH bilan kelishmovchiliklar sabab, endi Qirollikning neft zaxiralari va konlarini AQSH qoʻriqlamaydigan boʻldi.



Saudiya Arabistoni esa, mintaqadagi teng-sherik siyosatidan voz kechib, qoʻshni arablarga taʼsir oʻtkazishni boshladi. Bu, avvalo, OPEK(Neftni ishlab chiqaruvchi davlatlar hamkorlik tashkiloti)da sezildi. Saudiya soʻnggi yillarda OPEK davlatlari orasida eng koʻp neft ishlab chiqargan mamlakat maqomiga erishdi. Keyinchalik, Qatar bilan bogʻliq koʻrfaz siyosatida, unga bosim oʻtkazdi. Ushbu bosim talabnomalar roʻyxati joʻnatilganidan keyin, ijobiy natija koʻrilmaganida oʻz aksini topdi. Keyinroq, xuddi shunday talabnomalar roʻyxati Birlashgan Arab Amirliklariga ham yuborildi va agar talablar bajarilmasa, Qatarga koʻrilgan choralar BAAga ham koʻrilishi bilan tahdid qilindi.

Bugun esa, Saudiya Arabistoni Ukraina-Rossiya urushini tugatish boʻyicha dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan yigʻilgan delegatsiyalar tarkibiga Rossiyani qoʻshmadi. Bundan tashqari kengash yigʻilishi yakunlarida kelishilgan qarorlar Rossiyaning kuchli noroziligiga sabab boʻldi.

Saudiya valiahdi bundan biroz avval Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini ham maslahatlashuv stoliga chaqirdi. Bu shuni koʻrsatadiki, Qirollik Janubi-Gʻarbiy Osiyoning “nazoratchi”, yoki boʻlmasam, “javobgar” davlatiga aylanmoqchi. Bu yoʻlda u Eron bilan kelishuvlarga erishdi. Diplomatik aloqalar qayta tiklanib, yillar mobaynidagi kelishmovchiliklar qisman boʻlsa-da yakunlandi. Arablar ligasidan 2011-yilda chiqarib yuborilgan Suriya bilan ham, Gʻarb qarshiligiga qaramay, aloqalar qayta tiklanib, mamlakat Prezidenti Bashar Asad bilan rasmiy uchrashuvlar oʻtkazildi. Yaqin Sharqning diplomatiyasi gegemoni Turkiya bilan ham Markaziy Osiyo-Koʻrfaz mamlakatlari ishtirokidagi Kengashdan oldin, uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.



Mamlakatga, hattoki, Xitoy raisi ham kelib ketdi. Xitoy va Saudiya Arabistonni oʻrtasidagi kelishuvlar va shartnomalar, albatta, mintaqa geosiyosatida oʻz kuchini koʻrsatmasdan qolmaydi.

Shu vaqtgacha bunday uchrashuvlarga unchalik urgʻu berilmagan edi. Ammo ketma-ket faol diplomatik uchrashuvlar shuni koʻrsatadiki, G-20 aʼzosi boʻlgan va oʻta yirik harbiy va iqtisodiyot salohiyatga ega boʻlgan Saudiya Arabistoni mintaqani tartibga solish uchun qaytadan harakat boshlamoqda.

Tayyorladi: Ziyovuddin Nuriddinov



														
														Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025

														
														Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
16:47 / 22.06.2025

														
														AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025

														
														Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Isroil Bosh vaziri xalqqa murojaatida Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Trampga Erondagi yadroviy obyektlarga berilgan zarbala…
10:07 / 22.06.2025

														
														Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy-havo kuchlari Erondagi uchta eng yirik yadroviy obyektni bombardimon qilganidan …
09:18 / 22.06.2025

														
														Peskov AQShning Eronga yadroviy zarbasi falokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi

Peskov AQShning Eronga yadroviy zarbasi falokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh Eronga nisbatan taktik yadroviy qurol qo‘llash ehtimoli haqidagi xabar…
10:47 / 21.06.2025

														
														AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

Yeztugo preparatini yiliga faqat ikki marta qabul qilish kerak. U allaqachon 7,000 kishi ishtirok etgan klinik sinovlardan o…
14:35 / 20.06.2025

														
														Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

Toshkent reytingning quyi pog‘onalarida qayd etilgan.
17:55 / 19.06.2025

														
														Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Reuters’ning xabar berishicha, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari Jenevada ertaga, 20-iyun kuni …
15:07 / 19.06.2025

														
														Oyatulloh Ali Xominaiy: “Eron xalqi hech qachon taslim bo‘lmaydi”

Oyatulloh Ali Xominaiy: “Eron xalqi hech qachon taslim bo‘lmaydi”

Xominaiy, shuningdek, AQSh tomonidan bo‘ladigan har qanday harbiy aralashuvga munosib javob berilishini va’da qildi.
16:51 / 18.06.2025

Bu ham qiziq

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari yana ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari yana ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yangi cheklovlar joriy etilganidan ogohlantirdi.
11:40 / 22.06.2025
Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Shuningdek, xabarda yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida…
10:13 / 24.06.2025
22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
15:26 / 21.06.2025
Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Isroil Bosh vaziri xalqqa murojaatida Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Trampga Erondagi yadroviy obyektlarga berilgan zarbala…
10:07 / 22.06.2025
Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor

Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor

Shu munosabat bilan joriy yilda 7 ming 700 ta xonadon qurilishini yakunlash, aholi zich bo‘lgan Shahrisabz va Qarshi shahri,…
17:41 / 20.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. Husanov maydonga qaytgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klublar o‘rtasidagi JCh. Husanov maydonga qaytgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-tur uchrashuvida Angliyaning “Manchester Siti” klubi BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qars…
09:49 / 23.06.2025
20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:18 / 19.06.2025
AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqandda 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
12:43 / 21.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!