Toshkent shahrining Sergeli tumanida tilanchilik uchun o‘zining 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak qamaldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, fuqaro o‘zining o‘n yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan vaqtida xodimlar tomonidan ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.
“O‘g‘lim tilanchilik qilgan. Men 10 sutka jazoga tortilyapman. Qaramagandim, o‘g‘lim tilanchilikka chiqib ketgan ekan. Holat boshqa qaytarilmaydi”, – deya sudlanuvchi o‘z ishidan afsuslangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudi tomonidan ushbu shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-3-moddasi 2-qismi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning bir barobari – 340 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Ma’lumot uchun, tilanchilik bilan shug‘ullanish yoki voyaga yetmagan shaxslardan bu yo‘lda foydalanish ma’muriy javobgarlikdan tashqari jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!