$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Sevimli” telekanali rahbari Amira Rashidova “Sabriya” seriali atrofida yuzaga kelgan shov-shuvga nisbatan munosabat bildirdi

11:48 / 20.01.2022

“Sevimli” telekanali rahbari Amira Rashidova “Sabriya” milliy serialining 14 yanvar kuni efirga uzatilgan 32-qismi atrofida boʻlayotgan turli hil fikrlarga nisbatan oʻz munosabatini bildirdi.

“Nima boʻlgan? Serialning bir epizodi tarqalgan. Unda giyohvand yigit qizga hamla qilmoqchi boʻlgan harakati aks etgan. Ssenariyda koʻrsatilgan zoʻravonlik sahnasini rejissyor odam tanasini, qon va urushni koʻrsatmay suratga olgan. Ochiq zoʻravonlik, behayo yoki axloqsiz sahnalar koʻrsatilmagan. Qolaversa giyohvand zoʻravon oʻz amaliga yarasha jazosini serialning shu qismida olgani koʻrsatilgan. Yovuzlikni koʻrsatmay, yomon odamlarning borligini berkitib yashaydigan zamonda emasmiz, Xudoga shukr. “Sabriya” serialidagi voqealar ham real insonlar hayotidan olingan.

Ayollarning erkinligi va ularga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurash masalasini har qadamda yozaman, gapiraman. Men ayollarga nisbatan har qanaqa zoʻravonlikka qarshiman, telekanal kontentida shu illat asoratlari haqidagi “Zirapcha”, “Sen va men”, “Bir kaft tuproq”, “Qafasda…” kabi ayollar mavzusiga qaratilgan katta loyihalarga qoʻl urganmiz. Bu loyihalarda ham jamiyatdagi kamchiliklarni koʻrsatib, qahramonlar hayotini izga solishga hissa qoʻshganmiz.

“Sevimli” telekanali “Sabriya” serial namoyishidan avval 16+ markirovkasini bergan, qolaversa “axloqsiz” degan ayblovni qoʻyishdan oldin, kesib olingan kadrning yakunini tushunish uchun filmning yana 3 daqiqasini koʻrish yetarli. Ushbu serial rejissyor Nasiba Tursunovaning ilk ishi. Koʻplab kino ijodkorlar qatori, “Sevimli” uni ham qoʻllab- quvvatladi, ishonch bildirdi. Kelajakda ham u bilan hamkorlik qilish niyatidamiz, ijodkorni sindirishlariga qarshiman…

Bir narsani taʼkidlamoqchiman, bir yil oldin telekanallar asosiy kontentini turk seriallari egallagan edi, bugunga kelib, har bir telekanalda 2-3 tadan milliy seriallar namoyish etilmoqda, lekin shu bilan birga uzatilayotgan seriallardan ommaning koʻngli toʻlmayapti, bunga koʻp sabab bor, ijodiy va texnik muammolar yetarli… Biz oʻtish davridamiz. Milliy seriallarimiz yaxshiroq boʻlishiga ishonaman, har holda urinishlar yoʻq emas, garchi bu oson boʻlmasa-da, shunchaki hammasiga vaqt kerak”, deydi Amira Rashidova.

Telekanal rahbari har bir muxlisdan befarq boʻlmaganligi uchun minnatdor ekanini taʼkidlab, bildirilayotgan har bir fikr uchun ularga rahmat aytgan.



														
														Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqand şahrida fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik fi…
09:27 / 04.11.2026

														
														Bugun O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

Bugun O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

25-sentabr kuni O‘zbekiston hududida biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
16:16 / 24.09.2026

														
														CNN, Politico va MS NOW Tramp administratsiyasini sudga berdi

CNN, Politico va MS NOW Tramp administratsiyasini sudga berdi

AQShning CNN, Politico va MS NOW nashrlari jurnalistlarining Oq uyga kirishi cheklangani ortidan Prezident Donald Tramp va u…
10:16 / 22.09.2026

														
														Turkiyalik aktrisa Erchel giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini aytdi

Turkiyalik aktrisa Erchel giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini aytdi

Aktrisa 27-mart kuni Istanbul aeroportida qo‘lga olingan edi.
17:47 / 28.03.2026

														
														HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025

														
														“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

Jahon premyerasi kuzga rejalashtirilgan.
12:23 / 05.07.2024

														
														Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

2023-yilda aktyor 27 yil davomida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Deborra Li bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi.
12:01 / 05.07.2024

														
														“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
16:10 / 04.07.2024

														
														“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

Bugun biz filmning asosiy qahramonlarini eslamoqchimiz va aktyorlar qanchalik o‘zgarganini ko‘rmoqchimiz.
12:25 / 28.06.2024

														
														Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Shunday filmlar ro‘yxatini sizga ulashamiz.
12:16 / 28.06.2024

Bu ham qiziq

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!