Instagram ijtimoiy tarmogʻi uchun qiziqarli videolar suratga olish bilan shugʻullanuvchi hamkorlar – aktrisa Feruza Normatova va aktyor Shahzod Sultonov bir-birini sevishi maʼlum boʻldi. Ijodkorlar oʻz sahifalariga aynan mana shunga ishora qiluvchi suratlarni joylashgan.
Aktrisa tomonidan oʻz sahifasiga joylashtirilgan suratda yigitning yuzi berkitilgan, shunga qaramasdan aktrisa uning kim ekanligini koʻpchilik bilishi haqida aytgan.
“Oʻzingiz ham sezib yurgan edingiz, azizlar. Hammasini oshkor etish vaqti keldi”, deb yozdi aktrisa bu haqida.
Aktyor Shahzod Sultonov esa oʻz sahifasiga qoʻlida atirgul ushlab turgan rasmni joylashtirib, uning ostiga “Yetar bolalar, shuncha koʻcha changitib yurganimiz” deb izoh qoldirgan. Uning qoʻlida tutib turgan atirguli Feruza Normatova sahifasiga joylangan suratga ham aks etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!