2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish evaziga tuman va shaharlar byudjetlari daromadi 9,4 trillion so‘mga oshadi.
Bunda tuman va shaharlar o‘z hududidagi muammolarni mustaqil hal etish imkoniyatini oshirishi, aholini qiynayotgan masalalar yechimi bo‘yicha asosli tashabbuslarni ilgari surishi kerak.
Bu yil hokimlarning 33 ta vakolati mahalliy kengashlarga olib berildi, yana 17 ta vakolatni o‘tkazish reja qilingan. Shuningdek, kengash so‘rovi va tekshiruvi orqali hududiy ijro organlari ustidan nazorat kuchaytiriladi.
“Mahalliy kengashlar tomonidan har yarim yilda qilingan ishlar bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsa, ularning faoliyatida oshkoralik va hisobdorlikni kuchayadi”, – degan prezident o‘z nutqida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!