O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu nufuzli global tashkilot bilan mazkur sport turini ommalashtirish va O‘zbekistonda milliy triatlon maktabini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda triatlon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Milliy federatsiya faoliyat ko‘rsatmoqda, muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda, o‘zbekistonlik sportchilar qit’a va jahon reytinglarida o‘z o‘rinlarini mustahkamlab bormoqda.
Sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash, zamonaviy infratuzilmani yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ekspert ko‘magi dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!