$
12749.75 UZS
7.99
140.25 UZS
0.4
14142.02 UZS
106.97
28° Kechasi 16°

Shavkat Mirziyoyev va FAO bosh direktori uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

20:13 / 05.09.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli t tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Uchrashuv avvalida BMTning yuqori martabali vakili dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etayotgan forumni muvaffaqiyatli o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagani uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, ushbu suhbat davomida O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi samarali chora ko‘rish borasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda amaliy hamkorlikda erishilgan samarali natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, 2025-yilgacha bo‘lgan davrda hamkorlik bo‘yicha mamlakat dasturini bajarish sifat ko‘rsatkichlari ikki barobar yaxshilandi. Hozirda 34 ta loyiha faol amalga oshirilmoqda. O‘tgan bir yil ichida dehqonchilik, maktablarda ovqatlanish, veterinariya, agrokimyo va boshqa sohalarda 7 ta yangi loyiha ishga tushirildi.

Yangi besh yillik sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Agrosanoat majmuasini raqamlashtirish, ilg‘or bilim va tajriba almashish, yer fondi unumdorligini oshirish, organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy klasterlar va logistika markazlarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha istiqbolli qo‘shma loyiha va tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq global va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya oliy darajadagi muzokaralari natijasida “Migratsiya va mobillik sohasida har tomonl…
10:14 / 16.09.2024

														
														Boysunda gaz chiqishi to‘xtatildi

Boysunda gaz chiqishi to‘xtatildi

Boysunda gaz chiqishi to‘xtatildi va quduq germetiklandi.
09:19 / 16.09.2024

														
														Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga bordi

Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga bordi.
16:55 / 15.09.2024

														
														16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz b…
16:46 / 15.09.2024

														
														Markaziy bank 2 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank 2 ta bankni jarimaga tortdi

Bu haqda Markaziy bankning matbuot xizmati xabar berdi.
16:33 / 15.09.2024

														
														15-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqd…
22:36 / 14.09.2024

														
														Germaniya Kansleri Olaf Shols 15–16-sentyabr kunlari O‘zbekistonga keladi

Germaniya Kansleri Olaf Shols 15–16-sentyabr kunlari O‘zbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols 15–16-sentyab…
14:39 / 14.09.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining matbuot xizmati xabar berdi.
11:00 / 14.09.2024

														
														Toshkentda 732,6 mlrd. so‘mdan oshiq mablag‘ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun sarflanadi

Toshkentda 732,6 mlrd. so‘mdan oshiq mablag‘ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun sarflanadi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli uy-joy fondini 20…
18:05 / 13.09.2024

Bu ham qiziq

Qovoq shishishi bezovta qilsa ...

Qovoq shishishi bezovta qilsa ...

Ba’zida ertalab uyg‘onganingizda yoki yig‘laganingizda qovoqlaringiz shishib ketadi.
10:24 / 15.09.2024
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston qizlar jamoasi musobaqadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston qizlar jamoasi musobaqadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi

45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 5-tur o‘yinlari ham o‘z nihoyasiga yetdi.
09:50 / 16.09.2024
Markaziy bank 2 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank 2 ta bankni jarimaga tortdi

Bu haqda Markaziy bankning matbuot xizmati xabar berdi.
16:33 / 15.09.2024
16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz b…
16:46 / 15.09.2024
Turkiyadagi zavodda kuchli portlash yuz berdi

Turkiyadagi zavodda kuchli portlash yuz berdi

Fabrikada ishlagan 27 nafar ishchi jarohatlanib, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
10:07 / 16.09.2024
Trampga yana bir bor suiqasd uyushtirildi

Trampga yana bir bor suiqasd uyushtirildi

Bu haqda kongressmen Teylor-Grin ma’lum qildi.
09:10 / 16.09.2024
Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga bordi

Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga bordi.
16:55 / 15.09.2024
Rossiyaga ketgan o‘zbekistonlik baxtsiz hodisaga uchradi

Rossiyaga ketgan o‘zbekistonlik baxtsiz hodisaga uchradi

Rossiya viloyati Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun ketgan o‘zbekistonlik erkak baxtsiz hodisaga uchragan.
09:25 / 15.09.2024
Jahon banki Orol dengizini saqlab qolish loyihasida qatnashadi

Jahon banki Orol dengizini saqlab qolish loyihasida qatnashadi

Bu haqda Qozog‘iston suv xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
16:54 / 14.09.2024
Buyuk Britaniya Bosh vaziri qamalishi mumkin

Buyuk Britaniya Bosh vaziri qamalishi mumkin

Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer rafiqasi Viktoriya uchun qimmatbaho kiyim-kechaklarni deklaratsiya qilinmagan holda …
17:05 / 15.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!