Shotlandiya hududida joylashgan mashhur pushtirang qasr sayyohlarga ijaraga berila boshladi. U mamlakatning Eyrshir grafligida joylashgan.
Qadimiy qasr imoratlari XIV, XVIII va viktorian davrida qurilgan boʻlib, 2000-yilda Bryus Uoker tomonidan sotib olingan. Qasrning yangi sohibi uni besh yil davomida taʼmirlagan va ertaknamo saroyga aylantirgan. Taʼmirlash ishlari uchun 1,3 million dollar sarf etilgan.
Qasrda toʻrtta yotoqxona, sauna, jakuzi, ochiq oshxona ham bor. Qasrning pushtirang deb atalishiga uning devorlari shu rangda boʻlgani emas, imorat ilk oʻrta asrlarda Shotlandiya hududida yashagan pikt xalqi vakillariga tegishli boʻlgani sabab sifatida koʻrsatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!