$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

Sirdaryoda Koreyaning yetakchi universiteti filiali ochiladi

08:43 / 02.02.2024

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Janubiy Koreyaning "Sun moon" universiteti prezidenti Son Je Mun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muloqot davomida 2023-yil dekabr oyida viloyatimiz vakillarining mazkur nufuzli universitetga tashrifi samaradorligi alohida qayd etildi. Erishilgan dastlabki kelishuvlarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Son Je Mun Sirdaryoda universitet filialini tashkil taklifini bildirdi. O‘z o‘rnida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlar ekan, oliygoh faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Guliston shahri tanlanganini ma’qulladi. Ma’lum qilinishicha, bu yerda dastlab IT va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan beshta dolzarb yo‘nalishlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Yana bir ahamiyatli jihati, universitetni sanoat tarmoqlariga tayyor mutaxassislarni tayyorlovchi ta’lim klasteriga aylantirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun ta’lim jarayonlari ishlab chiqarish bilan to‘liq integratsiya qilinadi.

"Muloqot yakunida tomonlar ilgari surilgan takliflar bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishdilar. O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi", — deyiladi viloyat hokimligi Axborot xizmati xabarida.


Bu ham qiziq

18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

Bu velosipedning xaridorlari bormi?
12:28 / 04.05.2024
Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Video muallifi Oleg Artemyev bo‘lib chiqdi.
15:49 / 03.05.2024
O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.
15:28 / 03.05.2024
Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Endi buni oddiy inson telefonda ham amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.
14:52 / 04.05.2024
“Toshkent – Andijon pulli yo‘li 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi” – transport vaziri o‘rinbosari

“Toshkent – Andijon pulli yo‘li 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi” – transport vaziri o‘rinbosari

Jasurbek Choriyevning ta’kidlashicha “Toshkent – Andijon” pulli yo‘lini yaratish ishlari deyarli yakunlangan.
10:43 / 04.05.2024
Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Ularning vazni atigi 34 gramm.
12:09 / 04.05.2024
Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Robot styuardessa 6-9-may kunlari “Arabian Travel Market” ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
12:26 / 04.05.2024
Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Hindistonning Kerala shtatida 29-aprel kuni issiq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
15:36 / 03.05.2024
“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qilishdir, degan Davlat d…
10:09 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!