$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

So‘nggi 4 yilda 11,6 ming kishi tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan

14:59 / 26.02.2023

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ochiqdan ochiq yoki turli yashirin shaxsiy sahifalar, guruhlar orqali shaxsning qadr-qimmatini kamsitish orqali haqorat qilish va uni sharmanda qilishga qaratilgan holatlar ko‘payib bormoqda.

Jumladan, tuhmat qilganligi uchun 2018 – 2022-yillarda 11 574 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ayni shu davrda OAV yoki internet orqali ushbu jinoyatni sodir etgan 28 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

OAV va internet tarmog‘i orqali haqorat qilish bilan jinoyatini sodir etganligi uchun 2020-yilda 16, 2021-yilda 31, 2022-yilda 58 nafar shaxslar sud tomonidan aybdor deb topilib, tegishli javobgarlikka tortilgan.

Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun 2021 – 2022-yillarda 159 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Adliya vazirligi mazkur holatlarning amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanganligini yana bir bor eslatadi.

Birinchidan, har bir shaxs Konstitusiya va qonunlarga rioya etishi, boshqalarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart. Bu fuqaroning konstitusiyaviy burchi hisoblanadi. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

Ikkinchidan, fuqarolarning huquq va erkinliklariga daxl qiluvchi quyidagi xatti-harakatlar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi:

– tuhmat qilish – bila turib yolg‘on, boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish;

– haqorat qilish – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish;
fuqaroning sog‘lig‘i holatiga oid sirini, yozishmalar va jamg‘armalar sirlarini oshkor etish;

– shaxsiy yoki oilaviy munosabatlarga oid shaxsiy hayot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz yig‘ish yoki tarqatish;

– shaxsga doir ma’lumotlarni noqonuniy yig‘ish, berish, tarqatish;

– shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uni obro‘sizlantirishga olib keladigan yolg‘on axborot tarqatish.

Ushbu holatda shaxsning sha’ni va qadr qimmatini kamsitish deb baholandigan holatlar har bir shaxsning unga nisbatan bildirilgan firkni qabul qilishiga bog‘liq, shu sababli oddiy axloq qoidalariga zid harakat ham javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Uchinchidan, qonunchilikda aybsizlik prezumpsiyasi mustahkamlangan bo‘lib, birorta jinoyat sodir etgan shaxsning xatti-harakatlari sudda, oshkora ko‘rilib, sud tomonidan uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor emas. Shuningdek, jinoyat ishini yuritish doirasida olib borilayotgan tergov harakatlarida aniqlangan holatlarni oshkor qilganlik uchun mansabdor shaxsga ham fuqarolarga ham javobgarlik belgilangan.

Qonunlarda hech kim tanqid uchun taqib qilinmasligi belgilangan. Faqat ushbu tanqid asosli, ma’lumotlar haqqoniy bo‘lishi lozim. Ko‘pincha, tuhmat, haqorat, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish ishlari feyk akkauntlar orqali amalga oshirilmoqda.

Bunday holatda xabar tarqatuvchining shaxsi noma’lum qolishi u tarqatayotgan axborotning ishonchliligiga shubhani kuchaytirishi lozim. Chunki feyk akkauntlardan tarqatayotgan ma’lumotning haqqoniyligi uchun shaxsiy mas’uliyat bo‘lmaydi.


Bu ham qiziq

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikda…
19:18 / 12.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

Ukraina rahbari Rossiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob berdi.
09:54 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!