$
12456.25 UZS
45.26
158.36 UZS
-0.02
14461.71 UZS
223.82
38° Kechasi 23°

"Sovuqdan eng ko‘p zararni issiqxonachilar ko‘rdi. Ularning barcha muammolaridan xabarim bor" – Prezident

15:06 / 11.08.2023

So‘nggi yillarda issiqxonalar maydoni 3 barobarga ko‘payib, 5,2 ming gektarga yetdi, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi 90 ming tonnadan 300 ming tonnaga ko‘paydi. Muhimi, issiqxonalar 150 ming aholini yuqori daromadli ish bilan band qilmoqda.

- Shu bilan birga, qishdagi qattiq sovuqdan eng ko‘p zarar ko‘rganlardan biri bu – issiqxonachilar. Ularning barcha muammolaridan xabarim bor, - dedi Prezident.

Bundan buyon Energetika vazirligi, viloyat hokimlari va issiqxona xo‘jaliklari o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuzilishi belgilandi. Bunda vazirlik viloyat hokimlari bilan birga yoqilg‘i mahsulotlarini (ko‘mir va gaz) issiqxonalarga uzluksiz yetkazib berish kafolatini beradi, issiqxonalar esa yetkazib berilgan yoqilg‘i uchun to‘liq hisob-kitob qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni ichki bozorga va eksportga chiqarish bo‘yicha majburiyat oladi.

Ixtiyoriy ravishda ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan issiqxonalarga davlat tomonidan rag‘batlantirish paketi joriy qilinadi.

Jumladan, issiqxonalarga maxsus ombor qurish va aylanma mablag‘ uchun 14 foizli kredit liniyasi ochib beriladi, isitish qozonlarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi qoplab beriladi.

Tabiiy gazda ishlaydigan issiqxonalar aylanma mablag‘larini to‘ldirishga ham 650 milliard so‘m kredit resurslari yo‘naltiriladi.

Issiqxonalarda serdaromad mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida chetdan olib kelinadigan gul tuganaklari, piyozboshlari va qalamchalari 2025-yilga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi.

1 mingta issiqxonaning 2,2 trillion so‘mlik kreditlarini qaytarish muddati uzaytirib beriladi.


Bu ham qiziq

UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

Endilikda Tom Aspinall to‘laqonli chempionga aylandi.
11:45 / 22.06.2025
Toshkentda fuqaro xonadonida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Toshkentda fuqaro xonadonida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92 prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiri…
09:23 / 25.06.2025
Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
17:03 / 24.06.2025
Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
14:55 / 24.06.2025
Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
18:03 / 24.06.2025
Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
10:49 / 25.06.2025
Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ilistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
17:17 / 24.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025
Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!