“Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara AQSh ko‘magida, Turkiya, Iordaniya va boshqa qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi”, — deya ma’lum qildi amerikalik diplomat Tom Barrak.
Diplomat druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarni tashlab, boshqa ozchilik guruhlar bilan birgalikda qo‘shni davlatlar bilan tinchlik va farovonlikda yashaydigan yagona Suriyani barpo etishga chaqirgan.
Shuningdek, Suriya hukumati ham Amerikaning Turkiyadagi elchisining Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishgani haqidagi ma’lumotlarini tasdiqladi.
Iyul oyi boshida Suriyaning janubi-g‘arbida joylashgan As-Suvayda shahrida druzlar va badaviylar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan edi. Ushbu ziddiyat fonida Isroil “druzlarni himoya qilish” vajida Damashqqa bir necha bor aviazarbalar berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!