$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Surxondaryoda fuqaro profilaktika inspektoriga bolta bilan hujum qildi

14:34 / 31.05.2023

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabardor.uz'ga malum qilishicha, joriy yil 30-may kuni soat 16:00 da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Hamkorlik” mahallasi raisi Nurmamat Shoymardonovning yashash uyiga, ushbu mahalla yashovchisi 1976-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba o‘g‘irlik va giyohvand moddalar bilan noqonuniy muomala qilish jinoyatlarini sodir etgani uchun sudlangan, giyohvand shaxs sifatida profilaktik nazoratga olingan A.I. mast holda bostirib kirib, maishiy muammolarini ro‘kach qilgan holda mahalla raisi va uyda bo‘lgan oila a’zolarining tinchligini buzib, janjal ko‘targan.

Chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan mahalla profilaktika inspektori kapitan Gʻofur Berdiyev, tartibbuzar fuqaro voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketganligiga guvoh bo‘lgan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, shu kuni soat taxminan 19.00 larda tartibbuzar A.I. o‘z uyiga qaytib kelganligi aniqlanib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazish hamda mahalla raisiga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirish maqsadida tartibbuzarning xonadoniga borgan kapitan Berdiyev, xonadon egasining keskin qarshiligiga uchraydi.

Xonadon egasi bolta bilan profilaktika inspektoriga hujum qilib, uning chap qo‘l tirsagini yaralaganiga qaramasdan, jismoniy kuch ishlatilib, huquqbuzar zararsizlantirilgan.

Shundan so‘ng, kapitan Berdiyev xonadon qo‘shnilari va voqea joyiga yetib kelgan hamkasblari yordamida shifoxonaga yetkazilgan. Tibbiy ko‘rik natijasida chap tirsak pastki qismi suyaklarining ochiq singanligi va qon tomirlarini kesilishi oqibatida ko‘p qon yo‘qotganligi aniqlanib, tezkorlik bilan tegishli muolajalar ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Hayotini xavf ostiga qo‘yib jinoyatchini zararsizlantirgan profilaktika inspektori kapitan Gʻofur Berdiyevni rag‘batlantirish masalasi ko‘rilmoqda.


Bu ham qiziq

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!