Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, Angor tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan shubhali harakatlangani uchun Tibbiyot birlashmasiga tegishli “Damas” rusumli maxsus tez tibbiy yordam avtomobili tekshirish uchun to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida haydovchi mast holda ekani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimlariga xabar berilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!