Xabar berilishicha, bugun Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,8 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Soat 16:38 da qayd etilgan zilzila koordinatalari: 37,56 gradus shimoliy kenglik; 67,87 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 5 km. Bu silkinish kuchi Jarqo‘rg‘on tumanida 2 balli darajada sezildi.
Bu viloyatda kecha tongdan buyon ketma-ket yer silkinishlari qayd etilmoqda. Xususan, 23-noyabr kuni hududda jami 4 bor zilzila ro‘y berdi. Barcha silkinishlarning epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!