$
12524.92 UZS
27.73
155.96 UZS
0.25
14630.36 UZS
32.39
33° Kechasi 20°

Tadbirkorlar uchun universal QR-kod va yangi soliq tartibi joriy etiladi

14:29 / 20.08.2025

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistonda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 1-noyabrdan esa tadbirkorlarga barcha mobil to‘lov ilovalarida ishlaydigan universal QR-kod beriladi. Bu orqali ular hisob-kitob jarayonlarini soddalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, kelgusi yil 1-yanvardan yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar uchun yagona tartib joriy etiladi: ular aylanmadan 1 foiz miqdorida soliq to‘laydi. Misol tariqasida, aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tadbirkor hozirgi qat’iy soliq o‘rniga yillik ko‘pi bilan 1 million so‘m to‘laydi. Aylanmasi 100 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar esa avvalgiga nisbatan 3–4 barobar kam soliq to‘laydi.

“Umuman, yaratilayotgan sharoitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion so‘m, tasavvur qilyapsizlarmi, 1 trillion so‘m qolyapti. Bu – kichik biznes uchun qo‘shimcha resurs, yakka tadbirkorlar o‘z biznesini keyingi bosqichga olib chiqishi uchun yana bir imkoniyat”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

To‘qimachilik va eksportchi korxonalar uchun yangi dasturlar yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘tgan hafta 200 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, 7 trln so‘mlik qo‘llab-quvvatlash choralari belgilab olindi. Yaqin kunlarda sohada “ishonchli eksportchi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, eksport oldi moliyalash tizimi tashkil etilib, uning uchun 200 mln dollar ajratiladi.

Mazkur tartib elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat va farmatsevtika kabi yuqori salohiyatga ega, ammo imkoniyatlari to‘liq ishlatilmagan tarmoqlarda ham joriy etiladi. Bu yo‘nalishdagi tadbirkorlar aylanma mablag‘ uchun 500 mln dollar bilan ta’minlanadi.

Prezidentning ta’kidlashicha, har bir tarmoqning 10 tadan eng raqobatdosh va sifatli mahsulotiga maxsus “O‘zbekiston ramzi” belgisi beriladi. Ushbu mahsulotlarni xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun keng ko‘lamli reklama kampaniyasi tashkil etiladi.

Poytaxt va viloyat markazlaridagi korxonalarini mehnat resursi va bo‘sh yer ko‘p tumanlarga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tekstil tadbirkorlariga 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Prezident boshqa sohalardagi korxonalar ham bunday tashabbus bilan chiqsa, ular qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Arzon xomashyo bilan ta’minlash maqsadida aralash mato va gazlamalar 2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etildi. Biroq shunday muammolar sanoatning boshqa tarmoqlarida ham mavjudligi qayd etildi. Jahon banki ekspertlari ham tarif siyosati ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozimligini bildirdi.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida tadbirkorlardan tariflar va xomashyo masalasi bo‘yicha 130 ta murojaat kelib tushgan. Shu munosabat bilan Prezident Bosh vazirning iqtisodiyot va investitsiyaga mas’ul o‘rinbosarlariga 1-noyabrga qadar har bir tarmoq va hududiy korxonalar ehtiyojini o‘rganib, tariflarni qayta ko‘rib chiqish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, import jarayonida tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida muvofiqlik sertifikatlari endilikda har bir partiyaga emas, shartnomada ko‘rsatilgan umumiy hajm uchun beriladi.


O‘zbekiston


														
														Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlab o‘ldirildi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlab o‘ldirildi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
17:21 / 20.08.2025

														
														Endi tadbirkorlar barcha hujjatlarni “yagona darcha” prinsipi asosida bir joydan oladi

Endi tadbirkorlar barcha hujjatlarni “yagona darcha” prinsipi asosida bir joydan oladi

2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘la…
16:13 / 20.08.2025

														
														Birinchi kurs talabalari uchun yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi

Birinchi kurs talabalari uchun yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi

Mazkur elektron xizmat talabalar uchun qulaylik yaratadi, hujjatlarni to‘g‘rilash jarayonida ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt y…
16:09 / 20.08.2025

														
														Tadbirkorlar uchun universal QR-kod va yangi soliq tartibi joriy etiladi

Tadbirkorlar uchun universal QR-kod va yangi soliq tartibi joriy etiladi

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistonda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 1-noyabrdan esa t…
14:29 / 20.08.2025

														
														O‘zbekistonda aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 203 ta korxona mavjud

O‘zbekistonda aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 203 ta korxona mavjud

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
13:15 / 20.08.2025

														
														Toshkent va Andijon viloyatlarida Latviyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkent va Andijon viloyatlarida Latviyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatla…
12:25 / 20.08.2025

														
														Toshkentda fuqaro 2,4 mlrd so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi

Toshkentda fuqaro 2,4 mlrd so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi

“Toshkent shahar Uchtepa tumanida fuqaro sobiq rafiqasiga to‘rt farzandi uchun 2,4 mlrd so‘m miqdorida aliment pulini oldind…
12:06 / 20.08.2025

														
														“Namunali xavfsiz ko‘cha” va uylarga stikerlar o‘rnatiladi

“Namunali xavfsiz ko‘cha” va uylarga stikerlar o‘rnatiladi

“Kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda “namunali xavfsiz ko‘cha”va “namunali xavfsiz uy” tashkil etish” bo‘yich…
10:29 / 20.08.2025

														
														Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,…
09:20 / 20.08.2025

														
														20-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:47 / 19.08.2025

Bu ham qiziq

AQSh 6 mingdan ortiq talabalarning vizasini bekor qildi

AQSh 6 mingdan ortiq talabalarning vizasini bekor qildi

BBC xabar qilishicha, qarorning asosiy sabablari sifatida vizasi tugaganidan keyin mamlakatda qolish, turli qonunbuzarliklar…
13:03 / 19.08.2025
“Afrosiyob” poyezdlarida Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

“Afrosiyob” poyezdlarida Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Afrosiyob” poyezdlarida yo‘lovchilar uchun Wi-Fi xizmati ishga tushirilgani…
14:22 / 19.08.2025
2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025
“Istanbul Bashakshehir” SSKAga Fayzullayevning transfer to‘lovini o‘tkazib berdi

“Istanbul Bashakshehir” SSKAga Fayzullayevning transfer to‘lovini o‘tkazib berdi

Endilikda rasman hamyurtimiz istanbulliklar safida maydonga tushishi mumkin
19:04 / 19.08.2025
Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi
20:47 / 19.08.2025
Endi tadbirkorlar barcha hujjatlarni “yagona darcha” prinsipi asosida bir joydan oladi

Endi tadbirkorlar barcha hujjatlarni “yagona darcha” prinsipi asosida bir joydan oladi

2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘la…
16:13 / 20.08.2025
Toshkentda fuqaro 2,4 mlrd so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi

Toshkentda fuqaro 2,4 mlrd so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi

“Toshkent shahar Uchtepa tumanida fuqaro sobiq rafiqasiga to‘rt farzandi uchun 2,4 mlrd so‘m miqdorida aliment pulini oldind…
12:06 / 20.08.2025
Banklarining axborot xavfsizligiga doir minimal talablar belgilandi

Banklarining axborot xavfsizligiga doir minimal talablar belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida”g…
16:00 / 19.08.2025
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlab o‘ldirildi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlab o‘ldirildi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
17:21 / 20.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Pokiston armiyasining generalini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston armiyasining generalini qabul qildi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar, xususan, transafg‘on temiryo‘li loyihasini tez fursatda amalga oshirishga kelishish m…
21:06 / 19.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!