$
12005.09 UZS
-20.13
148.56 UZS
-0.8
13898.29 UZS
-71.41
31° Kechasi 18°

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

09:20 / 20.08.2025

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2005 va 2006-yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro 20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gashish” giyohvandlik vositalarini Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan vaqtlarida ushlangan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi bo‘lgan, Uzun tumanida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan shaxs hamda ajal og‘usining buyurtmachisi hisoblangan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro ham protsessual tartibda ushlangan.

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Qozog‘iston Respublikasidan xalqaro o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli yuklar o‘rnatilgan tartibda tekshirilgan.

Natijada marmar quyma tosh ichiga yashirilgan 7 kg 902 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, narkokuryer moddiy manfaatdorlik evaziga ushbu giyohvandlik vositasini Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida noma’lum shaxs tomonidan Telegram bot orqali ko‘rsatilgan manzildan olib, O‘zbekistondagi buyurtmachiga yetkazib berishi kerakligi aniqlangan.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro O‘rta Chirchiq tumanida ajal og‘usini qabul qilib olgan vaqtida ushlanadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida afg‘onistonlik narkosavdogarlardan giyohvandlik vositalarini olib, Farg‘ona viloyatida sotish bilan shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan ayol va uning 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan o‘g‘li qo‘lga olinib, ulardan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 5 kg 878 gr “opiy” va 3 kg 922 gr “gashish” moddalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gr giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ish…
17:43 / 02.11.2025

														
														O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 million tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 million tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘j…
17:27 / 02.11.2025

														
														3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgart…
16:53 / 02.11.2025

														
														Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ertaga, 3-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:59 / 02.11.2025

														
														Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Tur…
12:43 / 02.11.2025

														
														Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

2026-yil 1-martga qadar shoxobchalarda o‘tkazilgan xatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minim…
08:57 / 02.11.2025

														
														Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, tura…
18:04 / 01.11.2025

														
														2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:54 / 01.11.2025

														
														O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yich…
16:49 / 01.11.2025

														
														Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Unga Bosh konsulxona diplomatlari huquqiy maslahatlar bergan.
15:49 / 01.11.2025

Bu ham qiziq

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Tur…
12:43 / 02.11.2025
O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ish…
17:43 / 02.11.2025
Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
11:14 / 01.11.2025
“Maymun chechak virusining yangi shtammi tarqalmoqda” – JSST

“Maymun chechak virusining yangi shtammi tarqalmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Maymun chechak virusining xavfli 1b shtammi Italiya, Malayziya, Nid…
18:26 / 01.11.2025
Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Xitoyning Syandaoxu shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF M25 turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
13:03 / 01.11.2025
Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ertaga, 3-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:59 / 02.11.2025
Eron prezidenti yadroviy obyektlarni tiklashga va’da berdi

Eron prezidenti yadroviy obyektlarni tiklashga va’da berdi

“Mas’ud Pizishkiyon bu haqda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqotda ma’lum qildi”, deya xabar bermoqda Reuters.
16:37 / 02.11.2025
Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

2026-yil 1-martga qadar shoxobchalarda o‘tkazilgan xatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minim…
08:57 / 02.11.2025
O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yich…
16:49 / 01.11.2025
Toshkent 2029-yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Toshkent 2029-yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Bu haqda III Osiyo yoshlar o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida e’lon qilindi.
09:25 / 01.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!