$
12128.02 UZS
29.9
158.52 UZS
-0.12
14419.00 UZS
65.79
31° Kechasi 18°

Talabalarga ijara pulining yarmini byudjetdan qoplab berish tartibi o‘zgartirilmoqda

16:19 / 14.08.2023

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qilish tartibi o‘zgartirilmoqda.

Xabaringiz bor, 2 yildan buyon talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanayotgan edi.

Aniqrog‘i, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tartib o‘zgartirilmoqda. Ya’ni, ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda.

Bunda ijara puli:

– Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming so‘m);
– qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming so‘m) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.

Ya’ni, masalan, talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming so‘mdan ijarada tursa, shuning 330 ming so‘mi davlat tomonidan qoplanadi.

Shuningdek, sentyabr va oktyabr oylarida ijara puli qoplanishi uchun hech qanday ijara shartnomasi ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, shartnoma bo‘lmasa ham qoplab berilaveradi.

Bundan tashqari, OTMlardagi talabalar turar joylari endi onlayn maxsus tizim orqali tarqatiladi va bunda byurokratiya hamda inson omili minimal darajaga tushiriladi.

 


Bu ham qiziq

“Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!” – Shavkat Mirziyoyev

“Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!” – Shavkat Mirziyoyev

“Bilib qo‘yinglar, davlatning har bir so‘mi bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘la…
14:40 / 27.01.2026
28-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

28-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, tuman tushi…
16:57 / 27.01.2026
“Chorsu” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

“Chorsu” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in natijasida do‘kon yerto‘lasining taxminan 15 kv.m yonib zararlangan.
17:32 / 26.01.2026
2025-yilda O‘zbekistonga 86 mingdan ziyod xorijliklar davolanish uchun kelgan

2025-yilda O‘zbekistonga 86 mingdan ziyod xorijliklar davolanish uchun kelgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 86 199 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekisto…
10:00 / 27.01.2026
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun kompensatsiya belgilanadi

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun kompensatsiya belgilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi videoselektor yig‘ilishda Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xiz…
15:01 / 27.01.2026
Navoiyda noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Mazkur jinoiy guruhga Karmana tumanida sport sohasiga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari boshchilik qilga…
16:56 / 28.01.2026
Andijonda FVB inspektori pora bilan ushlandi

Andijonda FVB inspektori pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
08:35 / 27.01.2026
Rossiyada o‘tkazilgan reydlarda qariyb 400 nafar migrant qo‘lga olindi

Rossiyada o‘tkazilgan reydlarda qariyb 400 nafar migrant qo‘lga olindi

Reyd jarayonida jami 570 ga yaqin shaxs tekshiruvdan o‘tkazildi.
18:00 / 26.01.2026
O‘zbekistonda 1,2 mingdan ortiq fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirilgani aniqlandi

O‘zbekistonda 1,2 mingdan ortiq fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirilgani aniqlandi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
11:11 / 28.01.2026
Mobil aloqada qarzdorlik taqiqlanib, pullik xizmatlar faqat abonent rozilik bilan ulanadi

Mobil aloqada qarzdorlik taqiqlanib, pullik xizmatlar faqat abonent rozilik bilan ulanadi

Qoidalarga ko‘ra, abonent – jismoniy shaxsdan tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi va xizmat uchun mablag‘ yechishda hisobn…
10:28 / 28.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!