Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Perekrestok” do‘konlari hamda X5 Retail Group’ning tarqatish markazida keng ko‘lamli profilaktik reydlar tashkil etildi. 24-yanvar kuni o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida shahardagi 139 ta “Perekrestok” do‘koni va Moskva shossesida joylashgan tarqatish markazi ko‘zdan kechirildi.
Reyd jarayonida jami 570 ga yaqin shaxs tekshiruvdan o‘tkazildi. Ulardan 280 nafari qo‘shimcha so‘roq qilish uchun politsiya bo‘limlariga olib ketilgan. Migratsiya qonunchiligini buzganlikda gumon qilingan shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, X5 Retail Group tarqatish markazida ham alohida tekshiruvlar o‘tkazildi. Bu yerda huquq-tartibot idoralari xodimlari qariyb 90 ta transport vositasi va 380 ga yaqin kishini tekshirgan. Natijada 95 nafar chet el fuqarosi politsiya bo‘limlariga olib ketilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!