$
12141.94 UZS
26.97
162.63 UZS
0.56
14289.85 UZS
29.32
31° Kechasi 18°

Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari soni ma’lum bo‘ldi

09:13 / 17.01.2026

Ukrainaga qarshi olib borilayotgan keng ko‘lamli urushda Rossiya armiyasining tasdiqlangan yo‘qotishlari 160 ming kishidan oshdi. Bu haqda Mediazona xabar berdi.

Mediazona ochiq manbalari asosida bosqin boshlanganidan buyon halok bo‘lgan 163 606 nafar rossiyalik harbiyning ismini aniqlagan. Biroq bu ro‘yxat to‘liq emas, chunki halok bo‘lgan harbiylarning barchasi haqidagi ma’lumotlar ommaga oshkor bo‘lavermaydi. 

Xalqaro tashkilotlar va razvedka tuzilmalarining Rossiyaning umumiy yo‘qotishlari (o‘ldirilganlar va yaralanganlar) bo‘yicha baholari ancha yuqori. 2025-yil dekabrida NATO‘dagi yuqori lavozimli mansabdor shaxs Rossiya armiyasidagi o‘ldirilgan va yaralanganlar soni 1,15 mln kishiga yaqinlashishi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyida Rossiyaning o‘rtacha sutkalik yo‘qotishlari taxminan 1100 kishini tashkil etgan.

Shu yil 13-yanvar kuni NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya Ukrainada oyiga 20-25 ming nafar harbiyni yo‘qotayotganini, ya’ni o‘ldirilayotganini ma’lum qilgan. U bu ko‘rsatkich 10 yil davom etgan Afg‘oniston urushida halok bo‘lgan qariyb 20 ming nafar sovet askarining umumiy sonidan ham oshib ketishini qayd etgan. Ryuttening so‘zlaridan kelib chiqib, faqat 2025-yilning o‘zida Rossiyaning o‘ldirilgan harbiylari soni 300 ming kishigacha yetgan bo‘lishi mumkin.

2025-yil iyun oyida Britaniya razvedkasi Rossiyaning umumiy yo‘qotishlarini taxminan bir million kishi deb baholagan. O‘tgan yil avgust oyida AQSh Prezidenti Donald Tramp 2025-yil boshidan buyon Rossiya 112 mingdan ortiq askarini yo‘qotganini aytgan. The Economist jurnali dekabr oyidagi tahlilida urush davomida Rossiyaning jami yo‘qotishlari 900 mingdan 1,35 mln kishigacha yetgan deya baholagan.


Ukraina – Rossiya


														
														Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026

														
														Xersond portlashlar sodir bo‘ldi

Xersond portlashlar sodir bo‘ldi

Shanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari nazoratidagi Xersonda yangi portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Ukrainaga tegish…
17:31 / 02.05.2026

														
														Norvegiyada Ukraina dronlari ishlab chiqariladi

Norvegiyada Ukraina dronlari ishlab chiqariladi

Norvegiya va Ukraina Norvegiyada Ukraina dronlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzoladilar, dastlabki yetkazib beris…
17:08 / 27.04.2026

														
														Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Rossiya Ukraina bo‘ylab yirik raketa hujumlarini uyushtirdi. Hujumlar oqibatida Kiyev shahrini quyuq tuman qopla…
15:14 / 16.04.2026

														
														Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Ukrainaning Zaporojye shahrida 15-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan hujum oqibatida kamida bir nafar fuqaro halok bo‘ldi, bir…
11:27 / 15.04.2026

														
														Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda urush zonasida tobora ko‘proq Yevropada ishlab chiqarilgan dronlardan…
09:52 / 14.04.2026

														
														Keniyaliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollagan shaxs ushlandi

Keniyaliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollagan shaxs ushlandi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tuzilma orqali Keniya fuqarolari Rossiyaga ishga joylashtirish niqobi ostida, aslida U…
09:31 / 28.02.2026

														
														Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning uchdan bir qismi ko‘ngillilar hisoblanadi

Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning uchdan bir qismi ko‘ngillilar hisoblanadi

Bu haqda “BBC Rus xizmati” va “Mediazona” nashri jurnalistlari ochiq manbalar asosida o‘tkazilgan surishtiruv natijasiga ko‘…
15:49 / 24.02.2026

														
														“Energetik sulh”dan so‘ng Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli raketa hujumini amalga oshirdi

“Energetik sulh”dan so‘ng Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli raketa hujumini amalga oshirdi

Hujumda taxminan 70 ta raketa va 450 ta drondan foydalanilgani qayd etilmoqda.
17:55 / 03.02.2026

														
														Urushda Rossiya 1,2 mln, Ukraina esa 600 minggacha harbiy xizmatchisini yo‘qotgan – manba

Urushda Rossiya 1,2 mln, Ukraina esa 600 minggacha harbiy xizmatchisini yo‘qotgan – manba

AQShdagi Center for Strategic and International Studies (CSIS) tadqiqot markazi Rossiya - Ukraina urushi davomida halok bo‘l…
12:56 / 28.01.2026

Bu ham qiziq

FVV qutqaruvchilari Surxondaryo tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari Surxondaryo tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari Vaxshivor tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi
17:01 / 11.05.2026
Bugun barcha xodimlar 1 soat erta ketishlari mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat erta ketishlari mumkin

Mehnat kodeksiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida…
10:02 / 08.05.2026
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Bundan tashqari, LPR ta’lim va fan vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Shevchenkoga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi.
14:48 / 11.05.2026
Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 18–19-may kunlari Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” ma…
17:40 / 08.05.2026
Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi

Bugun, 8-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” monumentiga hamda “Millat fidoyilari” xiyoboniga gul qo‘y…
10:46 / 08.05.2026
9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:12 / 08.05.2026
Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzacho‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari…
17:34 / 07.05.2026
O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
12:42 / 10.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, harakatdagi transport …
15:20 / 09.05.2026
O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!