ATP o‘z saytida yilning eng yaxshi tennischilari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1995 yildan beri ilk bor 25 yoshgacha bo‘lgan naq 8 nafar tennischi kuchli o‘ntalikdan joy oldi. O‘yinchilarning o‘rtacha yoshi - 25,6.
2021-yil yakuni bo‘yicha ATPning eng yaxshi 10 tennischisidan iborat reytingi:
1. Novak Jokovich (Serbiya) – 34
2. Daniil Medvedev (Rossiya) – 25
3. Aleksandr Zverev (Germaniya) – 24
4. Stefanos Sitsipas (Gretsiya) - 23
5.Andrey Rublyov (Rossiya) – 24
6. Rafayel Nadal (Ispaniya) - 35
7. Matteo Berrettini (Italiya) - 25
8. Kasper Ruud (Norvegiya) – 22
9. Xubert Xurkach (Polsha) – 24
10. Yannik Sinner (Italiya) – 20
Eslatib o‘tamiz, “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra chempioni Novak Jokovich mavsumni ATP reytingining birinchi pog‘onasida yakunlagan tarixdagi eng keksa tennischiga aylandi.
2021-yilda Jokovich “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi barcha finallarda o‘ynadi va ularning uchtasida g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, u Parijdagi “Masters” va Belgradda o‘tkazilgan ATP-250 turnirlarida ham chempion bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!