$
12196.00 UZS
3.94
151.74 UZS
8.74
14141.26 UZS
144.78
31° Kechasi 18°

Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi

16:52 / 13.03.2024

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Timur Rahmonov bugun Latviya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”. Yangi tayinlangan elchi 2021-2024-yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan.

46 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Timur Rahmonov TIV tizimidagi faoliyatini 1999-yilda boshlagan. O‘tgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan. 2017-2018-yillarda esa Tashqi ishlar vazirligining Urganch shahri hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Rus, ingliz, polyak, ispan tillarini mukammal biladi.

Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019-2024) hamda mamlakatimizning Litva (2021-2024), Estoniya (2020-2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida ishlagan Qadamboy Sultonov o‘rniga tayinlandi.


Bu ham qiziq

Pokiston terrorizm markaziga aylanmoqdami?

Pokiston terrorizm markaziga aylanmoqdami?

Global terrorizm indeksi e’lon qilindi.
15:50 / 22.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari to…
17:28 / 23.03.2026
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan te…
18:06 / 24.03.2026
Eronning Isroilga tungi zarbalari natijasida 160 dan ortiq kishi jarohatlangan

Eronning Isroilga tungi zarbalari natijasida 160 dan ortiq kishi jarohatlangan

Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar natijasida Aradda 84 kishi, Dimonada 78 kishi jarohatlangan. Ushbu ikki shahar…
18:52 / 22.03.2026
Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘yinda to‘liq harakat qilgan Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovriniga ega chiqdi.
09:12 / 23.03.2026
AQSh chekinmoqda

AQSh chekinmoqda

Eronning qat’iy ogohlantirishidan so‘ng Tramp energetika infratuzilmalariga hujum qilish rejasidan voz kechdi.
17:21 / 23.03.2026
“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

Toshkentda “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
17:55 / 23.03.2026
O‘zbekiston MTJ FIFA kunlaridagi yig‘inida ishtirok etuvchi tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston MTJ FIFA kunlaridagi yig‘inida ishtirok etuvchi tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tomonidan mart oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb etilgan …
16:09 / 21.03.2026
Kreml Oq uyga razvedka almashuvini to‘xtatishni taklif qildi

Kreml Oq uyga razvedka almashuvini to‘xtatishni taklif qildi

Manbalarga ko‘ra, AQSh ushbu kelishuvni rad etgan. Shunga qaramay, bu taklif Yevropa diplomatlarini xavotirga solgan.
09:06 / 22.03.2026
Ikki oyda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qilgan

Ikki oyda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.
11:06 / 22.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!