"Kreml Oq uyga shunday kelishuvni taklif qilgan: agar AQSh Ukrainaga Rossiya haqidagi razvedka ma’lumotlarini uzatishni to‘xtatsa, Moskva ham Eron bilan razvedka ma’lumotlari, jumladan Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlari koordinatalari bilan bo‘lishishni to‘xtatadi", — deya yozmoqda Politico.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, bu taklifni Rossiya prezidenti maxsus vakili Kirill Dmitriyev o‘tgan hafta Mayamida Donald Tramp ma’muriyati vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bildirgan.
Manbalarga ko‘ra, AQSh bu kelishuvni rad etgan. Shunga qaramay, bunday taklif Yevropa diplomatlarini xavotirga solgan. Ular Moskva Yevropa va AQSh o‘rtasiga nizo solishga urinayotganidan xavotirda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!