Davlatimiz rahbari bugun Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi mashhur To‘palang daryosida qurilayotgan yangi elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish. Jumladan, gidroenergetikada bir oqim orqali ko‘p marta “yashil energiya” hosil qilishga erishishdir.
Shu bois Prezidentimizning 2017-yil 17-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, To‘palang daryosida kichik elektr stansiyalari qurilgan. Xususan, 2020-yil dekabrda 37 megavattli “Zarchob-1” hamda 2021-yil sentyabrda 38 megavattli “Zarchob-2” GESlari ishga tushirildi. Bugungi kunda ularda 48 mingta xonadonga yetadigan elektr energiyasi hosil qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!