Ayni paytda Toshkent dunyodagi eng iflos shaharlardan biriga aylandi. Havo nafas olish uchun xavfli darajada, ayniqsa Uchtepa va Olmazor tumanlarida.
Aholiga tavsiyalar:
Tashqarida kamroq vaqt o‘tkazing;
Derazalarni yopiq holda saqlang;
Chiqishda niqob yoki respirator taqing.
Shuningdek, haftaning boshida magnit bo‘ronlari qayd etildi. Bu holat bosh og‘rig‘i, qon bosimi, holsizlik kabi alomatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Qarshi shahrida ham havodagi RM-2.5 zarrachalari milliy me’yordan 2–3 barobar oshgan.
Bunday darajadagi ifloslanish faqat transport va sanoat emas, balki qurilish buyumlari, daraxtlarning kesilishi va yashil hududlarning qisqarishi bilan ham bog‘liq.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!