Mazkur tizim doirasida yuzaga kelgan savollarga javob beruvchi @ssv_pilotbot ham tashkil etildi.
“Elektron retsept” tizimi hozirda Toshkent shahri va normativ hujjatlar bilan belgilangan 15 ta tumanda joriy etilmoqda. Tizimni butun respublika bo‘ylab kengaytirish 2026-yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu — natijalarni tahlil qilish, aniqlangan tashkiliy va texnik muammolarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Ko‘zlangan maqsad — zaif jihatlarni aniqlash va to‘liq joriy etishdan oldin mexanizmlarni takomillashtirishdan iborat.
Yangi tizimni joriy qilish davri mobaynida Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir rahbarligida doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tashkil etilgan. Ushbu guruh tarkibiga shifokorlar, dorixona tashkilotlari va AKT mutaxassislari kiradi. Ishchi guruh tizimning amalda qo‘llanilishini muntazam monitoring qiladi, fuqarolar va tibbiyot xodimlarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi, poliklinikalarga tushayotgan yuklamani, raqamli servislar barqarorligini va dori vositalarini berish tartibini tahlil qiladi. Zarur hollarda tezkor tarzda tegishli tuzatishlar kiritiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!