Turkiyaning Xatay viloyatida O‘zbekiston tomoni ishtirokida qurilgan yangi masjid foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Turkiya tarixining murakkab davrlarida o‘zbek xalqining fidokorona yordami va hamjihatligi uchun minnatdorchilik belgisi sifatida masjidga “Buxoro” nomi berildi.
Yangi diniy maskan 3200 ga yaqin uyni o‘z ichiga olgan yirik turar joy massivi markazida joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi.
Bino zamonaviy arxitekturasi, qulay sharoitlari va estetik dizayni bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!