$
12960.38 UZS
-6
151.92 UZS
1.69
14152.73 UZS
-61.02
23° Kechasi 13°

Toshkentda tunda mashinadan tanasini chiqarib harakatlangan yoshlarning ota-onasiga chora ko‘rildi

11:43 / 17.01.2024

Ijtimoiy tarmoqlarda tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlangan va xavfli manyovrni amalga oshirgan shaxslarning videosi tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 16-yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 03:30 larda Olmazor tumani Yangi Olmazor ko‘chasida 2005-yilda tug‘ilgan Sh.S. (haydovchilik guvohnomasi mavjud emas) ijaraga olingan Monza rusumli avtomobilda davlat raqamini yechib harakatlangan.

Harakatlanish jarayonida transport vositasida tanishlari 2006-yilda tug‘ilgan M.A., 2006-yilda tug‘ilgan M.L., 2009-yilda tug‘ilgan I.A. ham bo‘lgan va yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Transport vositasini boshqargan Sh.S. yo‘lovchilar M.L. va I.A. tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlanishiga yo‘l qo‘ygan va ularning hayotini xavf ostiga solgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.

Shuningdek, transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidalari buzililgani holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Video Player is loading.

Bu ham qiziq

Chempionlar Ligasi qaytmoqda. Bugun “Real” Londonda, “Inter” Myunxenda mehmon bo‘ladi

Chempionlar Ligasi qaytmoqda. Bugun “Real” Londonda, “Inter” Myunxenda mehmon bo‘ladi

Bugun UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvlariga start beriladi. 1/4 finalning eng markaziy bahsi d…
15:11 / 08.04.2025
Tramp AQSh mudofaa byudjeti qariyb bir trillion dollarni tashkil etishini ma’lum qildi

Tramp AQSh mudofaa byudjeti qariyb bir trillion dollarni tashkil etishini ma’lum qildi

“Hali hech kim bunday yuqori mudofaa byudjetini ko‘rmagan. Biz qudratli bo‘lishimiz shart, hozir atrofimizda ko‘plab yovuz k…
16:54 / 08.04.2025
Tramp Eron bilan muzokaralar oldidan yana tahdid qildi

Tramp Eron bilan muzokaralar oldidan yana tahdid qildi

U avvalroq agar mamlakat yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan voz kechsa, “misli ko‘rilmagan” bombardimonlar boshlashini aytga…
11:46 / 08.04.2025
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2,9 mlrd dollarga oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2,9 mlrd dollarga oshdi

O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari miqdorini ochiqladi.
10:54 / 08.04.2025
Poytaxtning Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi

Poytaxtning Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi

Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
09:42 / 08.04.2025
Ayrim tumanlarda tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Ayrim tumanlarda tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 9-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib beris…
09:47 / 09.04.2025
Indoneziya jabr ko‘rgan G‘azo aholisini boshpana bilan ta’minlashga tayyor

Indoneziya jabr ko‘rgan G‘azo aholisini boshpana bilan ta’minlashga tayyor

Indoneziya G‘azodagi urushdan jabr ko‘rgan falastinliklarga vaqtincha boshpana berishga tayyor
11:42 / 09.04.2025
Mashhur tadbirkor AQSh fond bozorining 20 foizga pasayishini bashorat qildi

Mashhur tadbirkor AQSh fond bozorining 20 foizga pasayishini bashorat qildi

BlackRock bosh direktori Larri Fink AQSh fond bozorining 20 foizga pasayishini bashorat qildi. Bu haqda Reuters nashri xabar…
19:25 / 08.04.2025
“Openbudget”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi

“Openbudget”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi

“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi. Joriy yilgi 1-mavsumda 2 011 ta mahalla…
21:11 / 08.04.2025
9-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
22:55 / 08.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!