$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Toshkentda xotinini rashk qilib inspektorni o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

11:38 / 20.05.2023

Toshkent shahrining Olmazor tumanida rashk sabab inspektorni pichoqlab o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Qayd etilishicha, holat 2022-yil noyabr oyida sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi rashk sababli inspektorni o‘ldirgan. U pichoqni jabrlanuvchining son qismiga va ko‘krak sohasiga tiqib olgan. Sudlanuvchining sha’riy nikohidagi ayol o‘sha kuni inspektorning mashinasida bo‘lgan. Ortidan esa eri kuzatib kelib, ushbu qotillikni sodir etgan. Ayol bu voqeada hech qanday aybi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, sudlanuvchi ham voqea haqida gapirib, o‘zining jabrdiyda ekanini ta’kidlagan.

“Lacetti ayolimning mahallasiga kirib ketdi. Ayolim uydan chiqib, uning mashinasiga o‘tirdi va ketishdi. Men ortidan bordim. Mashinadan tush, dedim u bolaga. Bir-birimizni kurakda turmaydigan gaplar bilan haqoratladik. Ko‘tarib bo‘lmadi, qo‘limdagi pichog‘im bilan son qismiga bitta tiqdim. Baqir-chaqir bo‘ldi. Pichoqni olib ketdim. Internetda hozir menga nisbatan yolg‘on xabarlar bo‘lyapti. Ikkinchi pichoqni men urmadim. Qars ikki qo‘ldan chiqadi. U ko‘zini qisibdi, bu ipini uzibdi. Men bu yerda haqiqiy jabrdiydaman”, – deydi ayblanuvchi.

Marhumning otasi esa jinoyatchiga og‘ir jazo berilishini so‘ragan.

Ma’lum qilinishicha, ayblanuvchi sud hukmi bilan 14,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.


Bu ham qiziq

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Myanmada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zb…
15:50 / 13.12.2025
O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘ch…
14:22 / 15.12.2025
Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

The Insider nashr bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
08:34 / 14.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
18:02 / 13.12.2025
Surxondaryo va Namanganda korrupsion hamda firibgarlik holatlari fosh etildi

Surxondaryo va Namanganda korrupsion hamda firibgarlik holatlari fosh etildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Namangan bo‘linmasi Kosonsoy tumani yuriskonsulti mahalliy fuqarodan 2 …
09:31 / 14.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!