Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida 26-dekabr kunidan va 2023-yilning 8-yanvar kunigacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 14 ta qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi — Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16;
768-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi — Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish, chiptalarni esa elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin: Chipta.railway.uz
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!