$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Toshqulov OTM mas’ullari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

09:12 / 13.10.2022

Kecha, 12-oktyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil qilishni takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor va tegishli masʼullar ishtirokida videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Qayd etilishicha, vazir dastlab soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali haligacha ayrim oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini koʻchirish bilan bogʻliq masalalar koʻtarilayotgani, bunda talabalar va yaqinlarining eʼtirozlari keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlayotganini tanqid qilgan.

“Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti yuzasidan eʼlon qilingan murojaatga munosabat bildirilib, u yerda maʼnaviy muhit talab darajasida emasligi, guruhbozlik kabi illat ildiz otib, bu oʻz navbatida talabalar taʼlim olishiga ham taʼsir koʻrsatayotganini keskin qoraladi. Vazir shu joyning oʻzidayoq xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashmaganligi, muassasada taʼlim jarayoni va ijtimoiy muhitni toʻgʻri tashkil etmaganligi uchun institut rahbarini vazifasidan ozod etish boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi”, – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ayrim universitetlarda hali ham urugʻ-aymoqchilik, qarindoshchilik holatlari saqlanib qolayotgani, talabalar taqdiriga loqayd, yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsiz rahbarlar uchrayotgani tilga olingan.

Shundan soʻng, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi, uning oʻrtacha qiymatini hisoblash mavzusida taqdimot namoyish etilib, kredit-modul hamda oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida kuzatilayotgan kamchiliklar muhokama qilingan.

Shuningdek, haligacha ayrim professor-oʻqituvchilar eskicha metod asosida talabalarga taʼlim berayotgani, ularning yangi tizimga moslasha olmayotgani ham taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatayotgani qayd etilib, ular uchun talabaning mustaqil taʼlim olishga oʻrgatish, baholash tizimi borasidagi kompetensiyalarini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish vazifasi berilgan.

“Hududlardagi oliy taʼlim muassasalariga borganimda axborot-resurs markazlariga alohida eʼtibor qarataman, shunda koʻplab talabalar qoʻlida asosan badiiy adabiyotlarni koʻraman. Aslida talaba oʻz mutaxassisligi boʻyicha zarur manbalarni oʻqishi kerak. Afsuski, ular kerakli o‘quv qo‘llanmalar yoʻqligidan boshqa adabiyot oʻqishga majbur boʻlmoqda”, – dedi vazir.

Bunga sabab sifatida oliy taʼlim muassasasi zarur oʻquv adabiyotlarni tender asosida xarid qilishi, lekin tenderdagi adabiyotlar ichida u izlagan qoʻllanmalar yoʻqligi taʼkidlangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, masʼullarga ikki hafta muddatda oʻquv jarayonlarining barcha jabhalarini puxta oʻrgangan holda tahliliy maʼlumot kiritish yuzasidan koʻrsatma berilgan.

 


Bu ham qiziq

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!