Maxmud Muradov raqibidan biroz yengil tosh bosdi, Yan va O'melli ham vazn oʻlchashda ishtirok etdi.
22-oktyabr oqshomida boʻlib oʻtadigan UFC 280 turniri oldidan markaziy janglar ishtirokchilari vazn oʻlchash marosimida qatnashishdi.
Unga koʻra, oʻzbekistonlik Mahmud Muradov 83,9 kg vazn koʻrsatdi. Uning raqibi braziliyalik Kayo Borralo esa 84,3 kg chiqdi.
Shuningdek, Petr Yan 61,6 kg tosh bosdi. Uning raqibi Shon O'Melli esa biroz yengilroq — 61,2 kg vazn qilgan.
Kutilmaganda, chechenistonlik jangchi Zubayra Tuxugovning Lukas Almeydaga qarshi jangi bekor qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, bugun boʻlib oʻtgan vazn oʻlchash marosimida Zubayra kerakli ogʻirlikni qila olmagan va ularning jangi bekor boʻlgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!