$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Ukraina-Rossiya inqirozi. Tarixdan bugungi kungacha

22:12 / 19.02.2022

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatining diqqat eʼtibori Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda bo‘lib turibdi. Ko‘plab davlatlar va ommaviy axborot vositalari ikki mamlakat o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan urush xavfi haqida gapirmoqda. Bir tomonda G‘arb matbuoti Rossiya Ukraina atrofida 190 mingga yaqin rus qo‘shin to‘plangani, bu Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropadagi eng katta harbiy safarbarlik ekanligini bot-bot taʼkidlamoqda.

Rossiya esa bunga javoban o‘z harbiy texnika va askarlarini Ukraina chegarasidan olib ketganini iddao qilmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Mojaroning asil ildizi qayerda? Nima uchun bu ikki slavyan davlati o‘rtasidagi ziddiyat ipi bu darajada chigallashib ketdi? Tomonlar nimani istamoqda?

Bugungi maqolamizda Rossiya Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatlarning boshlanish nuqtasidan tortib, uning rivojlanish tarixi va bugungi holati bo‘yicha so‘z yuritamiz.

SSSRning parchalanishi

80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshiga kelganda, Sovet Ittifoqining  parchalanib ketishi aniq bo‘ldi. SSSR rahbari Mixail Garbachyov olib borgan “qayta qurish” siyosatining ilk yillaridayoq mamlakat ichida millatlararo munosabatlar keskinlashdi. Shunday bir chigal vaziyatda, aniqrog‘i 1991-yil 24-avgust kuni aholi soni va sanoat jihatidan Sovet Ittifoqida ikkinchi o‘rinda turgan Ukraina o‘z mustaqilligini eʼlon qildi. Faqat uning mustaqilligi SSSR parchalanganidan so‘ng tan olindi. Tez orada Rossiya va Ukraina o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatildi. Biroq, ko‘p vaqt o‘tmasdan ikki davlat ayrim masalalar bo‘yicha kelisha olmadi.

Birinchi – hududiy chegarani belgilash masalasi. Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy strategik jihatdan o‘ta muhim hisoblangan Qrim yarimoroli va Sevastopolga kim egalik qilishi masalasida ziddiyat yuzaga keldi. Rossiya bu yerlarni o‘ziga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi. Sababi, SSSR davrida Sevastopol to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kremlga bo‘ysunardi. Biroq, Ukraina bunga qarshilik qildi.
Ikkinchi – Rossiya va Ukraina SSSRning Qora dengizdagi flotiga kim egalik qilish masalasida kelisha olmadi.
Uchinchi – Ukraina geografik jihatdan ikki sivilizatsiya kesishgan nuqta (Ukrainaning G‘arbi katolik sivilizatsiyasi, Sharqi esa pravoslav sivilizatsiyasi osti)da joylashgandi. Mana shu omil yuzasidan Sharqiy mintaqa aholisi rus tiliga davlat tili maqomini berishni so‘radi. Hatto, Rossiyaga qo‘shilishni so‘raganlar ham bo‘ldi.

Bu kelishmovchiliklar o‘z-o‘zidan ikki davlat o‘rtasidagi muammolarni vujudga keltirdi.

Qirim muammosi

1991-yil 4-sentyabr kuni SSSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi Qrimning davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi. 1992-yilning may oyida Qrim Oliy kengashi Qrim Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ukraina hukumati Qrimning maxsus mavqeini tan olishga majbur bo‘ldi. Shu vaqtda Qrim separatistlari Rossiyadan maʼlum miqdorda siyosiy yordam oldi. Bu vaqtda Rossiya Federatsiyasi SSSR Oliy kengashining Qrim viloyatini Ukraina SSR tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb eʼlon qildi. Rossiyaning bu ishlari G‘arb dunyosini g‘azablantirdi.

Sovet Ittifoqi parchalangach, uning yadro qurollarining maʼlum qismi Ukraina hududida qolgan edi. 1992-yilda Rossiya bu raketalarni qaytarishni so‘radi. Biroq, Ukraina buni inkor qildi. Sababi Rossiya Qrimga daʼvo qilib turgandi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda Ukrainada 1240 ta yadroviy kallak, 133 ta “RS-18” rusumli strategik raketa, 46 ta “RS-22” rusumli taktik raketa, 564 ta bombardimonchi samolyot va 3000 ga yaqin taktik yadro qurollari mavjud bo‘lgan.

1997-yilda Kiyevda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Boris Yelsin va Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma o‘rtasida mavjud chegaralar daxlsizligi, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish va o‘z hududidan bir-birining xavfsizligiga zarar yetkazmagan holda foydalanish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shundan so‘ng, Rossiya Qrimni Ukrainaning bir qismi sifatida tan oldi va Ukraina hududiga hech qachon daʼvo qilmaydigan bo‘ldi. Buning evaziga Ukraina o‘zidagi ballistik va strategik yadro raketalarni Rossiyaga berdi.

Qora dengiz floti bo‘yicha ziddiyat ham o‘sha yili o‘z yechimini qisman topdi. Ikki mamlakat kelishuviga ko‘ra, Ukraina Qora dengiz floti joylashgan hududni Rossiyaga ijaraga berdi.

Zarg‘aldoq inqilobi

2000-yilda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar ancha rivojlandi. 2001-yilda Ukraina “Katta og‘a” tomonidan tashil etilgan Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (YevrAzES)ga aʼzo bo‘ldi. Biroq, mamlakatdagi ayrim siyosatchilar Ukrainaning bu tashkilotga qo‘shilishini tanqid qildi. Chunki Ukrainaning geografik joylashuvi uni G‘arb mamlakatlari bilan yaqinlashishga undayotgan edi.

Ukraina Bosh vaziri Viktor Yanukovich o‘z chiqishlarida Rossiya bilan yagona ittifoq tuzish va rus tiliga ikkinchi davlat tili maqomini berish haqida gapirdi. Bu esa mamlakatdagi G‘arbga intilayotgan insonlarning g‘azabini qo‘zg‘atib yubordi.

2004-yilda Ukrainada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosan ikki nomzod daʼvogarlik qildi. Birinchi nomzod Rossiyaga yaqinlashish tarafdori bo‘lgan Viktor Yanukovich, ikkinchi esa asosan Yevropa ittifoqi bilan integratsiyani kuchaytirish tarafdori Viktor Yuщyenko edi. Saylovda Yanukovich g‘alaba qozondi. Biroq, muxolifat yetakchisi Viktor Yushenko saylov natijalarini tan olmadi. Oqibatda uning tarafdorlari mamlakatda norozilik namoyishlarini boshlab yubordi.

Namoyishlar ortidan Ukraina Oliy sudi saylov natijalarini tekshirishni boshladi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, ovoz hisoblashda qonun buzilishi holati aniqlandi. Shundan so‘ng ikkinchi tur natijalarini bekor qilindi va uchinchi tur o‘tkazildi. Bu safar Yushenko g‘alaba qozonadi va mamlakat Prezidentiga aylandi. Shunday qilib, Ukrainada G‘arb pozitsiyasi mustahkamlandi. Ayni shu voqealardan so‘ng Ukraina Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar ipi taranglashdi.

Qirimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi

2010-yilda o‘tgan Ukraina Prezidenti saylovida Viktor Yanukovich g‘alaba qozondi. Tabiiyki, Rossiya bilan munosabatlar qayta tiklandi. Qora dengiz floti bo‘yicha Xarkov shartnomasi imzolanib, unga ko‘ra, ijara muddatini yana yigirma besh yilga uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Yanukovich bir tomondan Rossiya, boshqa tomondan esa Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni davom ettirishga intilaverdi. Biroq “Katta og‘a” Yanukovichga bosim o‘tkazib, Ukrainani Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshilik qildi. Kremlning chizgan chizig‘idan chiqa olmagan Yanukovich Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini to‘xtatdi. Bu esa mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlarining boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi.

2014-yil Ukraina Oliy Radasi Viktor Yanukovichni prezidentlikdan chetlashtirdi. U o‘zining hayotidan xavfsirab, Rossiyaga jo‘nab ketdi. Yanukovich Rossiyadan turib, Ukrainadagi barcha siyosiy jarayonlar noqonuniy ekanini aytdi. Shu tariqa mamlakatda Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy kuch mahv etildi.

Ukrainadagi siyosiy ziddiyatdan foydalangan Rossiya yangi tuzilgan hukumatni noqonuniy deb topdi. 2014-yil 16-mart kuni Qrimda Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risida referendum bo‘lib o‘tdi. Referendum natijasiga ko‘ra, ovoz beruvchilarning 95,5 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilishni yoqladi. AQSh va Yevropa Ittifoqi referendumni noqonuniy deb hisoblab, Rossiyaga iqtisodiy sanksiya eʼlon qildi. Moskva Qrim aholisiga o‘z fuqarolik pasportini berdi. Fuqarolarni himoya qilish uchun Rossiya strategik jihatdan juda muhim bo‘lgan Qrimga qo‘shin kiritib, uni mamlakat tarkibiga qo‘shib oldi. Shu yo‘l bilan Putin Ukrainadan “qasos oldi” desak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Sababi, NATO va Yevropa Ittifoqiga qo‘shiladigan davlatda hududiy nizolar bo‘lmasligi kerak edi.

DXR va LXR

Ukrainada boshlangan tartibsizliklar ortidan, Rossiyaning taʼsiri kuchli bo‘lgan mamlakatning janubiy-sharqiy hududlarida qurolli harakatlar boshlanib ketdi. Rossiya Donetsk va Luganskdagi rus ayirmachilaridan foydalandi. Ular mamlakatdagi yangi hukumatni tan olmadi. 2014-yil 7-aprel kuni Donetsk, 27-aprel kuni Luganskda mustaqillik eʼlon qilindi. 11 may kuni har ikki yangi Respublikada referendum o‘tkazildi. Unda aholining ko‘pchilik qismi Rossiyaga qo‘shilishga ovoz berdi.

2014-yil Ukrainadagi saylovda Pyotr Poroshenko g‘alaba qozondi. Ukraina Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilish uchun jadal harakatlar boshladi.

Biroq Ukraina qancha harakat qilmasin na alyansga, na Yevro Ittifoqqa aʼzo bo‘ldi. Chunki, NATO safiga qo‘shilish uchun nomzod davlatning nafaqat qo‘shnilari, balki mamlakat ichida ham hududiy mojarolari bo‘lmasligi kerak edi.

Pyotr Poroshenko G‘arb davlatlari bilan yaqinlashish yo‘lidan borib, Moskvaga nafrat ko‘zi bilan qaradi. Hatto, prezidentlik muddatining so‘nggi yilida Poroshenko Rossiya bilan urush qilish uchun qo‘shinni jangovar holatga keltirdi.

Bugungi holat

2019-yilda Viladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti bo‘lgach, Rossiya bilan munosabatlar biroz yumshadi. Biroq ko‘p o‘tmasdan ziddiyat iplari yana taranglashdi. Har ikki tomon ham o‘rtadagi kelishuvni buzdi.

2021-yilning boshida Ukraina Bosh shtab boshlig‘i Ruslan Xomchak Qrim va Donbassda Rossiya armiyasining 28 ta batalyoni mavjudligi, yaqin orada Moskva Qrimga qo‘shimcha ravishda 25 ta batalyon jo‘natganini, bu o‘z navbatida Ukraina xavfsizligi uchun tahdid ekani haqida bayonot berdi. Bundan tashqari, g‘arb matbuoti ham tinimsiz ravishda bu masalani yoritib bordi. Ukraina hali NATO va Yevropa Ittifoqiga rasmiy ravishda aʼzo bo‘lmasa-da, AQSh hamda Yevropa mamlakatlarining baʼzilari Ukrainani har tomonlama qo‘llamoqda.

2021-yilning 4-dekabr kuni AQSh razvedkasi Rossiya kelasi yilning boshida katta ehtimol bilan Ukrainaga 175 ming askar bilan hujum uyushtirishi mumkinligi haqida xabar berdi. Sunʼiy yo‘ldoshdan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiya armiyasi Ukraina atrofidagi to‘rtta pozitsiyaga joylashgan. Bundan tashqari, Germaniyaning “Bild” nashri Rossiya Ukrainaga hujum qilish uchun ssenariylar tayyorlab qo‘ygani haqida maʼlumotlar tarqatdi.

Moskva bunga javoban Rossiya o‘z qurolli kuchlarini o‘z hududida va o‘z xohishiga ko‘ra ko‘chirayotganini, uning harakatlari hech kimga tahdid solmasligini va hech kimni bezovta qilmasligi kerakligini aytdi. Moskvaning taʼkidlashicha, “Rossiyaning tajovuzkorligi” haqidagi xabarlardan chegara hududlarida NATO kuchlarini to‘plash uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.

Rossiya o‘z qo‘shinlarini Belorus bilan birgalikda harbiy mashg‘ulot o‘tkazish uchun harbiy texnika va askarlarini G‘arbga ko‘chirdi. Rossiyaning bu harakatlari AQSh va Yevropa mamlakatlari sarosimaga solib qo‘ydi. Dekabr oyida G‘arb matbuotida “Rossiya  Ukrainaga yanvar oyining oxirida bostirib kiradi”, degan xabarlar tarqaldi.

Joriy yilning 11-fevral kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden o‘z chiqishida, Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi aniq ekanligini va tez orada mintaqada vaziyat izdan chiqib ketishini taʼkidladi. Prezident Ukrainada bo‘lib turgan Amerika fuqarolarini Rossiyaning Ukrainaga hujum qilish tahdidi bois mamlakatdan chiqib ketishga chaqirdi. Bayden “Rossiya 16 fevral kuni Ukrainaga hujumni qiladi” deb bong urdi. Biroq hujum bo‘lmadi. Aksincha, 15-fevral kuni Rossiya Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlar yakunlanib, harbiy texnikalar va qo‘shinlarni Ukraina chegaralaridan olib chiqish boshlanganini eʼlon qildi. 18 fevral kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden hali ham Rossiya “yaqin bir necha kun ichida” Ukrainaga hujum qilishiga ishonishini aytdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, ayni paytda Lugansk va Doneskda o‘q ovozlari eshitilgan va bu xalqaro maydonda tan olinmagan ikki davlat rasmiylari tomnidan Ukrainaning ularga qarshi tahdidi sifatida baholangan.

Jumladan, 18 fevral kuni Lugansk Xalq Respublikasi (LXR) va Donetsk Xalq Respublikasi (DXR) rahbarlari Leonid Pasechnik va Denis Pushilin harbiy harakatlar xavfi kuchayishi munosabati bilan aholisini Rossiyaga, xususan, Rostov viloyatiga evakuatsiya qilish haqida eʼlon qildi. Birinchi navbatda ayollar, bolalar va qariyalar evakuatsiya qilinmoqda.

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Rostov viloyatida qochqinlar uchun sog‘lomlashtirish lagerlari, sanatoriyalarda 20 minggacha joy tayyorlanmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Rossiya Ukrainaning G‘arb bilan yaqinlashishiga qarshi. Ukraina nima bo‘lsa ham tezroq NATO va Yevropa Ittifoqiga kirmoqchi.



														
														Netanyaxu zaharlandi

Netanyaxu zaharlandi

Ma’lum qilinishicha, 20-iyulga o‘tar kechasi Netanyaxu o‘zini yomon his qila boshlagan.
10:18 / 21.07.2025

														
														Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentlikka nomzodlikdan chetlatilgan Kalin Georgesku tarafdorlari bir nechta shaharlarda tartibsizliklar uyushtirishda d…
22:56 / 20.07.2025

														
														Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Loyiha Tibet avtonom tumanida qurilmoqda
22:41 / 20.07.2025

														
														Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Sergey Sobyaninning aytishicha, havo mudofaa tizimi o‘z vaqtida bu hujumni bartaraf eta olgan
21:33 / 20.07.2025

														
														Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Qurbonlar soni kamida 36 ta ekanligi aytilmoqda.
17:22 / 20.07.2025

														
														Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Epitsentr Tinch okeani akvatoriyasida joylashgan.
15:22 / 20.07.2025

														
														Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Ta’kidlanishicha, gidroenergetika loyihasini amalga oshirish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanmoqda, u qurili…
10:06 / 20.07.2025

														
														Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Hozirda shahar politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining yuzlab xodimlari voqea joyida bo‘lib turibdi
21:33 / 19.07.2025

														
														Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Bu borada ularga nomi oshkor etilmagan “xorijlik hamkasblar” yordam bergan
19:56 / 19.07.2025

														
														Suriya va Isroil sulhga erishdi

Suriya va Isroil sulhga erishdi

Diplomat druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarni tashlab, boshqa ozchilik guruhlar bilan birgalikda qo‘shni davlatlar …
14:23 / 19.07.2025

Bu ham qiziq

Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Loyiha Tibet avtonom tumanida qurilmoqda
22:41 / 20.07.2025
Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Bu borada ularga nomi oshkor etilmagan “xorijlik hamkasblar” yordam bergan
19:56 / 19.07.2025
Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-mo…
17:57 / 20.07.2025
Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmagan.
12:04 / 20.07.2025
Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Qurbonlar soni kamida 36 ta ekanligi aytilmoqda.
17:22 / 20.07.2025
Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
21:52 / 20.07.2025
Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Epitsentr Tinch okeani akvatoriyasida joylashgan.
15:22 / 20.07.2025
20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:39 / 19.07.2025
Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda

Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda

Hukumat tomonidan SAXAL jangchilariga yangi buyruq berilgan
20:50 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!