“Amazon” onlayn kinoteatri Jon Ronald Tolkin asari asosida suratga olingan “Uzuklar hukmdori: Hukmronlik uzugi” serialining ilk treylerini eʼlon qildi. Serialda Oʻrta Yerning ikkinchi davrida – “Xobbit”dagi Bilbo Begginsning sayohatidan bir necha ming yillar oldin sodir boʻlgan voqealar aks etadi.
Serialning bosh qahramonlari soni 20 taga yetadi, ular orasida “Uzuklar hukmdori” filmi orqali kino muxlislariga tanish boʻlgan yosh Galadriyel va Elrondlar ham bor.
Serialning ilk qismi “Prime Video 2” onlayn kinoteatrida 2-sentyabr kuni namoyish etiladi. Uning birinchi mavsumi 8 ta epizoddan iborat boʻlib, har haftada bittadan seriya eʼlon qilib boriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!