$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

Vazirlik mutasaddisi o‘qishni ko‘chirishga oid savollarga javob berdi

17:27 / 17.07.2024

Xabaringiz bor, 2024/2025-o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlab qo‘yilgan bo‘lib, eng yuqori o‘tish bali huquq sohasi uchun belgilangan — 140 balldan iborat bo‘ladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar kamida 129 ball to‘plashi lozim.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha kelayotgan savollarga javob berdi.

– O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar tayyorlash kerak?

– O‘qishni ko‘chirish turiga qarab quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak bo‘ladi. Agar talaba transfer.edu.uz sayti orqali ariza topshirayotgan bo‘lsa, transkript reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (JPG yoki PDF shakli) va ikkita uzrli sababdan birini asoslovchi hujjat.
my.uzbmb.uz sayti orqali murojaat qilinganda transkript reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (JPG yoki PDF shakli) taqdim etiladi.

Alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda oliy ta’limdagi raqamlashtirish natijasida onlayn hujjat topshirish platformalarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi. Barcha ma’lumotlar OneID tizimi orqali avtomatlashgan holda shakllanadi.

– Yaqinda turmush qurganman, turmush o‘rtog‘im viloyatda yashaydi. Shu sababli o‘qishimni viloyatimga ko‘chirsam bo‘ladimi?

– Davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina ikki holatda ruxsat beriladi.

Birinchisi, bu talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda.

Ikkinchisi, esa davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda. Bunda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi talab etiladi.

Demak, bir viloyatdan ikkinchisiga ko‘chirishning 2 ta uzrli sabablaridan biri sizga mos keladi. Shu bois, siz turmush o‘rtog‘ingiz doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish uchun belgilangan muddatlarda murojaat qilishingiz mumkin.

– Ikki yildan beri Qozog‘istonda tahsil olaman. O‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirsam bo‘ladimi?

– Amaldagi tartibga muvofiq, xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishni ko‘chirish uchun faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshiradi hamda maxsus sinov imtihonida ishtirok etib, o‘tish balini to‘plashi talab etiladi.
Bunda talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanib, Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

O‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

– Grant asosida tahsil oladigan talabalar o‘qishni ko‘chirsa, shartnoma asosida ko‘chiriladimi yoki grant saqlanib qoladimi?

– O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi. Ya’ni, agar OTM yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘sh grant o‘rni bo‘lsa, ta’lim muassasasidagi vaziyatdan kelib chiqib, talabaga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi mumkin.

–Talaba xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishida 1-kursni tamomladi. Shu yo‘nalishda sirtqi ta’lim mavjud bo‘lmagani sababli u o‘qishini boshqa universitetning ingliz filologiyasi yoki tarjima nazariyasi yo‘nalishining sirtqi ta’limiga o‘qishini ko‘chirishi mumkinmi?

– Buning imkoni yo‘q, boisi talabada davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirish uchun asos bo‘ladigan ikkita uzrli sababdan biri bo‘lishi kerak. Bu murojaatchida keltirilmagan. Bundan tashqari, filologiya yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim mavjud emas.

– Qachondan boshlab ta’lim shaklini sirtqiga ko‘chirish uchun ariza topshirsa bo‘ladi? Arizani onlayn topshirish mumkinmi?

– Ta’lim shaklini o‘zgartirish yuzasidan murojaatlar transfer.edu.uz sayti orqali joriy yil 15-iyuldan 5-avgust kuniga qadar onlayn qabul qilinadi. Bunda talaba tahsil olayotgan yo‘nalish bo‘yicha OTM ichki imkoniyati va sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lganda uning arizasi qanoatlantirilishi mumkin.


Ilm-fan


														
														Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

														
														Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026

														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Bu mamlakat paxtaçiligi tarixidagi re…
15:53 / 05.11.2026
Toşkentda Lixiang urib yuborgan 41 yoşli piyoda halok böldi

Toşkentda Lixiang urib yuborgan 41 yoşli piyoda halok böldi

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Lixiang Li 9 rusumli avtomobil yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan piyodani urib …
09:50 / 04.11.2026
Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng vafot etdi

Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng vafot etdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida bir guruh şaxslar tomonidan kaltaklanib, tiriklayin kömib yuborilgan 32 yoşli erkak 28 k…
09:30 / 04.11.2026
Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiri…
14:24 / 05.11.2026
Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqand şahrida fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik fi…
09:27 / 04.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026
4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:30 / 03.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!