$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Xalqaro axborot makonida O‘zbekiston imiji

11:58 / 28.10.2024

Mamlakatning ijobiy imiji har bir davr va zamonda kerak bo‘ladi. 21-asrga kelib samarali xalqaro munosabatlarni o‘rnatish uchun mamlakatning ijobiy qiyofasini shakllantirish har qanday zamonaviy davlatning strategik vazifasiga aylandi. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy dunyoda mamlakat boshqa davlatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy ta’lim va axborot sohalarida hamkorlik qilmay turib rivojlana olmaydi. Davlatning imiji esa bevosita ushbu omillarning amalga oshishida sezilarli ro‘l o‘ynaydi. Mana shunday ijobiy imijlar qaysidir ma’noda davlatga o‘zga yurt vakillarida investitsiyalar kirishida juda muhim hisoblanadi.

Davlatning imijini yaratishda asosan uning tabiiy omillari, tarixi, madaniyati, geografik joylashuvi, iqtisodiy va inson resurslarining mavjudligiga e’tibor qaratish lozim. Mamlakatning ijobiy imiji uning raqobatbardoshligi, muvaffaqiyatliligi, barqarorligi, ichki va tashqi bozordagi darajasini belgilaydi. Shunday jihatlarga asoslanib davlat o‘zgalarning e’tibor va ishonchiga erishadi. Bu esa nafaqat ichki va tashqi iqtisodiyotda balki mamlakatlar aloqalarida ham muhim hisoblanadi. O‘zbekistonning sobiq Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Komilov shunday deydi: “Tasvir - davlatning ichki tashqi siyosatidir. Tasvir yaratish juda qiyin, har kuni davlatning kuchli imijini yaratish uchun kuchli harakat qilish kerak”. Bu esa xuddi qurilishda uyni jozibali va mustahkam qurishga o‘xshaydi, ya’ni davlat imijini yaratish juda katta siyosatni amalga oshirish demakdir.

O‘zbekistonning ijobiy imiji asosan nimalarda ko‘rinadi?

1. Mehmondo‘st davlat sifatida ijobiy imij yaratilgan;

2. Turizm sohasida ham tarixiy obidalarimiz to‘laqonli bo‘lmasa-da, davlatning ijobiy imiji hisoblanadi. Bu jihatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

3. Doimiy ravishda o‘z fuqarolarini himoya qiladi. (Suriyadagi ayollarning va chet elda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalarning yurtiga qaytarilishi);

4. O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlar bilan doimiy yaxshi aloqada ekanligi. Zarur hollarda madaniy va gumanitar yordamlar qabul qiladi va jo‘natadi.

O‘zbekistonning salbiy imiji nimalarda aks etgan?

1. Turizm maqsadida kelganlar o‘z ijtimoiy sahifalarida transportni xususan, poyezdlarni tanqid ostiga olib yozgani. Bu salbiy imij yaratilishiga sabab bo‘ladi. Chunki ushbu sayohatchilarning bloglarida minglab balki, millionlab obunachilari bor.

2. Toshkentning ekologik vaziyati: havoning ifloslanishi (doimiy ravishda havosi iflos shaharlar reytingida yuqori o‘rinlarda turadi).

3. Butunjahon iqtisodiy forum Raqobatbardoshlik indeksi eng yaxshi va yomon yo‘llarga ega mamlakatlar reytingiga O‘zbekistonni kiritmagan.

Bunday ko‘rsatkichlarda mamlakatning yuqori reytinglarda aks etmagani esa o‘zga davlatlar tasavvurida salbiy fikrlarni keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib davlat haqida umumiy tushunchalar shakllanadi. Bu tushunchalarga tayanib investitsiya kiritilmasligi yoki kechiktirilishi mumkin. Albatta, davlatlar sarmoya kiritishdan avval davlatning avtoyo‘llariga va boshqa jihatlariga e’tibor qaratishi tabiiy.

Quvonarlisi esa xorijda maqsadli targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish masalasi e’tibordan chetda qolmagan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda “O‘zbekiston madaniyat kunlari”, davra suhbatlari, ko‘rgazmalar va festivallar o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan. Bularning barchasi yurt kelajagi va yangi marralar uchun xizmat qilishi tabiiy. Axir aytishadi-ku, “Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma”, deb. Shunday ekan, biz ham bor imkoniyatlarimizni ko‘rsatib berishimiz zarur, albatta.
                                                                                                                                             Maqola muallifi: Olimjanova Gulzoda


O‘zbekiston


														
														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!