$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Xatolarni qanday baholash mumkin?

06:31 / 25.03.2023

Aksar insonlar hayotda xato qilib qo‘yishdan qo‘rqib, tavakkal ishga qo‘l urishmaydi. Go‘yo atrofdagilar inson xato qilsa, uning ustidan kuladi yoki izza qiladi. Xuddi o‘sha kuladigan insonlarning o‘zlari haytida hech qanday xato qilishmagandek. Xo‘sh, aslida xato qilish qay darajada qo‘rqinchli?

Aslida, xato qilish ayb emas. Inson qachon xato qiladi, qachonki hayotida yangilikka qo‘l ursa. Xato bu insonga hayotda tajriba yig‘ishga turtki bo‘ladigan “ne’mat” va xato bu kreativ fikrlashning boshlanishidir.

Xa, muvofaqqiyatsizlikdan to‘g‘ri xulosa chiqara olish, insonning eng katta yutug‘i sanaladi. Oddiy misol, 2022-yilda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mamlakatimiz mezbonligida o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasining hal qiluvchi bahsida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Tabiiyki, muxlis-u mutaxassislarga ushbu mag‘lubiyatni hazm qilish oson bo‘lgani yo‘q. Kimningdir jahli chiqdi, kimningdir maydonga turli buyumlar uloqtirgisi keldi. Barchaning nazdida futbolchilar xato qildi, ularning kreativ uzatmalarining o‘xshamagani muxlislar nazdida katta xato edi. Aslida esa…

Ushbu holatni Yevropa misolida oladigan bo‘lsak, ko‘pchilik Yevropa futbolini ancha tez va mazmunli o‘yinlari uchun yoqtiradi. Darhaqiqat, futbolchilarning o‘yin vaqtida chiqaradigan kutilmagan qarorlari, kreativ uzatmalari va amalga oshiradigan hujumlari tahsinga sazovar. Xo‘sh, ular bu darajaga qanday erishishgan?

Avvalo, bu tinimsiz mehnat natijasi. Shuningdek, ular maydonda qilinadigan harakatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishadi. Masalan, bir futbolchi sherigiga kreativ uzatmani amalga oshirdi. Lekin u sherigigacha yetib bormadi. O‘sha futbolchi buni xato deb hisoblamaydi. Shunchaki kichkina omadsizlik deb biladi va kelasi safar yana shu ishni amalga oshiradi. Qarabsizki, u baribir kreativ qarorini amalda qo‘llaydi. Albatta, atrofdagilar daldasi bilan. Bu unga qo‘shimcha ruh beradi. Aslida Yevropa futbolining katta siri ham ana shunda. Umid qilamizki, yosh futbolchilarimiz ham ushbu mag‘lubiyatdan keyin ajoyib qaytishni amalga oshiradi va bu eng kamida 2024-yilgi Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritilishi bo‘ladi.

Yana bir misol, elektr lampa ixtirochisi Tomas Edison olamshumul kashfiyotni yaratish uchun o‘n ming martalab muvaffaqqiyatsiz urunishlarni amalga oshirgani haqida yozib qoldirgan. Biroq u taslim bo‘lish haqida o‘ylamagan va butun dunyoni qorong‘ulikdan qutqarish orqali haqiqiy inqilobni yuzaga keltirgan.

Qilingan xato odamlarni kreativ yondashuvdan to‘xtatishi emas, unga yanada mukammalroq qarashni o‘rgatishi lozim. Ana shundagina, inson hayotda ham, ishda ham mukammallikka erishadi. Shuni unutmaslik kerakki, huch kim mukammal emas, bizning esa xato qilishga haqqimiz bor.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikda…
19:18 / 12.05.2025
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘ris…
10:47 / 12.05.2025
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi…
12:28 / 13.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!