Xitoy hukumati zilziladan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga 50 million yuan (7,5 million dollar) gumanitar yordam bermoqchi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 22-iyun kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila mintaqadagi so‘nggi 20 yildagi eng kuchli zilzila bo‘ldi. Xususan, Afg‘onistonda yer yuzasining silkinishi va tebranishlari oqibatida kamida 1500 kishi halok bo‘ldi, 2000 dan ortiq odam jarohatlandi, 3000 dan ortiq bino esa vayron bo‘ldi.
“Xitoy hukumati falokatdan aziyat chekkan Afg‘oniston xalqiga zudlik bilan chodirlar, ko‘rpa-to‘shaklar va boshqa zarur narsalarni yuborishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, gumanitar yordamning birinchi partiyasi 27-iyun, dushanba kuni charter samolyotda Afg‘onistonga jo‘natilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Afg‘oniston sharqidagi Xost va Paktika viloyatlarida yuz bergan zilzila oqibatida mingdan ortiq kishi qurbon bo‘lgani, yana 1,5 ming kishi jarohatlangani xabar qilingandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!