Yaponiyada sud 2019-yilda Kioto Animation studiyasiga o‘t qo‘ygan Sindzi Aobani o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Kyodo News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi.
Avvalroq 45 yoshli Aoba 2019-yil 18-iyul kuni Kiotodagi animatsiya studiyasiga o‘t qo‘yganini tan olgandi. Yaponiya tarixidagi eng halokatli voqealardan biriga aylangan yong‘inda halok bo‘lganlardan tashqari yana 32 nafar xodim jarohatlangan.
Aoba, u Kyoto Animation uning romanidan nusxa ko‘chirgan deb o‘ylaganligi sababli jinoyatga qo‘l urganini aytdi.
Sud 36 kishining o‘limi uchun javobgarlikni “juda og‘ir”, deb topdi.
Hukmga ko‘ra, Aoba soat 10:30 atrofida studiyaga kirib, benzin ishlatib, yong‘in chiqargan. O‘shanda binoda 70 nafar xodim ishlagan.
Sud jarayoni voqeadan to‘rt yildan ko‘proq o‘tib, o‘tgan yilning sentyabr oyida boshlangan. Bunga Aobaning hayotiga xavf soladigan kuyish jarohati olgani va intensiv davolanish va reabilitatsiya zarurati sabab bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!